San-Marino terma jamoasi JCH-2026ga yo'l olishi mumkin. Qanday qilib?!
21 noy 2024 15:15
Yangiliklar


San-Marino terma jamoasi JCH-2026ga yo'l olishi mumkin. Qanday qilib?!
San-Marino terma jamoasi saralash guruhida qay o'rinni egallashidan qati nazar JCH-2026 ishtirokchilari qatoridan joy olish imkoniyatiga ega.
14 Millatlar Ligasi guruhi g'oliblaridan 10 tasi to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanma olgan taqdirda jamoa avtomatik ravishda pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Agar birinchi va ikkinchi savatchadan joy olgan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanma olsa, San-Marino pley-offda qolgan o'rin uchun kurash olib boradi. U erda FIFA reytingida so'nggi 210-o'rinni egallab turgan jamoa Moldova, SHimoliy Irlandiya va SHimoliy Makedoniya termalari bilan kuch sinashadi.
Eslatib o'tamiz, San-Marino Millatlar Ligasi guruhida Gibraltar va Lixtenshteyn jamoalarini quvib o'tib, birinchi o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar