So’nggi yangiliklar

21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  2 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  3 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  16 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  3 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  12 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  4 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  16 16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  6 15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0

Samvel Babayan: "Yigitlar yurakdan o'ynashdi..." Yangiliklar

Samvel Babayan: "Yigitlar yurakdan o'ynashdi..."

Qatar - O'zbekiston uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Samvel Babayan qatnashdi.
"Mamlakatimiz og'ir judolikka uchraganidan xabaringiz bor. Bugun biz boshqacha o'ynay olmasdik ham, yigitlar yurakdan o'ynashdi. G'alaba bilan barchani tabriklayman. Oldinga intilishda davom etamiz, - deydi Babayan. 

- Ikkala jamoa ham juda ehtiyotkor o'ynashdi. So'nggi daqiqalarda o'z shogirdlaringizdan gol kutganmidingiz?

- Biz qiyin o'yin bo'lishini kutgandik. Qatar ham yaxshi himoyalandi, uchrashuv oxirida o'yinni kuchaytirganimizga kelsak zaxiradan tushganlar bunga tayyor edilar. Maqsadimiz g'alaba qozonish va oldinga intilish edi. Bunga erishdik.

- Bugungi natija guruhda birinchi o'ringa chiqishga yordam beradimi?

- Biz hozirning o'zida birinchi o'ringa chiqdik. Endi bor etiborimizni keyingi bahsga qaratiladi. Har bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko'rish va unda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.

- Bahs oxirida o'yinni kuchaytirish va gol urish asosiy rejangiz edimi? Ikkinchi bo'limda O'zbekiston yaxshiroq o'ynadi.

- Albatta, rejamiz shunday edi. Ikkinchi bo'limda o'yinimizni kuchaytirdik. Biz Qatarga g'alaba uchun kelgandik. 90 daqiqa davomida harakat qildik va 3 ochkoga ega bo'ldik.

O'FF matbuot xizmati
Reyting: +102   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика