So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

Samvel Babayan terma jamoaning Suriya va Qatarga qarshi tarkibini elon qildi Yangiliklar

Samvel Babayan terma jamoaning Suriya va Qatarga qarshi tarkibini elon qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida JCH–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida ikkita uchrashuv o'tkazadi.

23 mart kuni milliy terma jamoa Malayziyada Suriya termasiga qarshi bahs olib borsa, 28 mart kuni Toshkentda Qatar termasini qabul qiladi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bo'lajak o'yinlarga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Murodjon Zuxurov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”),  Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“CHanchun Yatay”, Xitoy),  Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”).

Yarim himoyachilar: Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy), Aziz Haydarov (“Ash-SHabab”, BAA), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya), Salamat Qutiboev (“Lokomotiv”), Server Jeparov (“Sepahon”, Eron), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar).

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar).

Avvalroq O'zbekiston termasining bo'lajak raqiblari – Suriya va Qatar ham tarkiblarini elon qilgandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to'plagan holda to'rtinchi o'rinni band qilib turgan bo'lsa, Qatar 4 ochko bilan beshinchi pog'onada bormoqda.

Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика