So’nggi yangiliklar

17:42Эрон чемпионати. "Персеполис" Ўрунов ва Сергеевнинг голлари эвазига "Сепахон"ни мағлубиятга учратди  2 17:12Ван Дейк "Ливерпуль" сафида 350-учрашувини ўтказди  2 16:44Роналду 2027 йилда "Ал Насср"ни тарк этиб, фаолиятини якунлаши мумкин  4 16:07Расман: "Металлург" қайта тикланди  13 15:45"Арсенал" Тимбер билан шартномани узайтиришга яқин  0 15:23"Атлетико" ПСЖ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 14:51"Ливерпуль" ҳимоячисининг отаси вафот этди  1 14:24Расман: Жеко фаолиятини Германияда давом эттиради  0 13:53Расман: "Динамо" АПОЭЛ ва "Мальмё" собиқ хавбекини сафига қўшиб олди  8 13:37 Энди Суперлигада рўйхатдан ўтган энг ёш футболчи ҳам 5 миллиондан кўп олади  0 13:23Расман: "Бухоро" легионери жамоада қолди  1 13:04Тўртта етакчи клуб ван де Вен учун курашмоқда  4 12:36Суперлига янги мавсумига қачон қуръа ташланади?  4 12:152024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди  43 11:52Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубогида 3-ўрин учун баҳс, "Интер" уйда ва бошқалар  0

Samvel Babayan: "Taqvim juda ham rasvo tuzilgan" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Taqvim juda ham rasvo tuzilgan"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan AGMK - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.

"Menimcha o'yin qiziqarli o'tdi, hech kimni befarq qoldirmadi. Vertikal futbol o'ynadik, hujumga hujum bilan javob berdik. Biroz ustunlikka ega bo'ldik. 1:0 hisobida oldinda borayotganimizda gol urib o'yinga nuqta qo'yishimiz kerak edi. Afsuski g'alabani qo'ldan chiqardik. Bugun men yigitlarimda xarakter ko'rdim. Sababi AGMK kubok finalidagi mag'lubiyatdan so'ng xarakter namoyish etishlarini kutgandim. Natija va o'yin sifati borasida o'sishimiz kerak. O'yinlar davomida hisobda oldinda borib yakunda durang o'ynayapmiz", - deb gap boshladi Samvel Babayan.

- Jamoa 11 kun tanaffusdan keyin birinchi bor o'ynadi, endi yana taxminan 20 kun o'ynamaydi. Futbolchilarni tonusda ushlab turish qiyin emasmi?

- Taqvim juda ham rasvo (bezobrazno) tuzilgan. Bu haqda oldin gapirmayotgandim, bahona bo'lib qolmasligi uchun. Savol berganingiz uchun javob berayapman. 11 kun o'yin amaliyotisiz qolish...jamoani qanday ushlab turamiz. CHempionat o'yinlari davom etaversa va kubok o'yinlari mavsum oxiriga qoldirsa maqul bo'larmidi. Nazorat uchrashuvlari o'tkazamiz, ammo baribir futbolchilarni tonusda ushlab turish qiyin kechadi.

- O'z vaqtida siz terma jamoada ishlagangizda Vadim Abramov terma jamoa ko'p yig'in o'tkazayapti deb aytardi. Endi esa hammasi aksincha...

- To'g'risi uning bu boradagi fikrlarini o'qimaganman. Ammo men terma jamoada ishlaganimda PFL vakillari bilan birga taqvim tuzilayotganida klub qiziqishlarini himoya qilardik. SHu bois uzoq tanaffuslar bo'lishini oldini olardik. Hozirgi paytda barchamiz terma jamoaning muhim o'yinlari bo'lgani bois tushunishimiz kerak.

- Ikkinchi o'rin uchun kurash haqida nima deya olasiz?

- Qiziqarli tarzda kechmoqda. Afsuski ikkinchi davrani biz deyarli barcha o'yinlarni safarda o'tkazayapmiz. Bunda ham birinchi davrada noto'g'ri ish olib borilgan. Bizda yaxshi jamoa va yaxshi futbolchilar bor hamda yakunda biz ikkinchi o'rinni olamiz deb o'ylayman.


Reyting: -174   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика