So’nggi yangiliklar

14:35Мухлислар норози бўлиши аниқ: АПЛ узоқ йиллик анъанасини бузишга тайёрланмоқда  0 14:05Рэтклифф Левандовскининг МЮга ўтишига тўсқинлик қилган  1 13:37Шомуродов Туркия Суперлигасида тур рамзий жамоасидан ўрин олди  3 13:17Суперлига. 27-турга ҳакамлар тайинланди  3 12:53Туркияда ҳакамлар қимор ботқоғида: 150 нафардан ортиқ ҳакам тергов остида!  1 12:25Брендан Рожерс "Селтик" мураббийлигидан истеъфога чиқди  2 11:59ЎФФ президенти "Бенфика" клуби шароити билан танишди  3 11:38"Челси" қозоғистонлик футболчини Франция клубига ижарага беради  2 10:41"Барселона" МЮга керак бўлмай қолган яна бир футболчининг трансферига 70 миллион евро сарфлашга тайёр  2 10:10Ламин Ямал "Реал"га қарши ўйиндан сўнг ижтимоий тармоқдаги саҳифасига ўзгартириш киритди  14 09:42Винисиус нима учун "Реал"ни тарк этмоқчи эканлиги маълум бўлди  6 09:11МЮ ва "Челси" қизиқаётган футболчининг нархи 120 миллион фунт этиб белгиланди  3 08:30Пролига. Бугун тур якунланади  0 08:03“Олтин тўп”га даъвогарлар рейтинги эълон қилинди. Рўйхатда Дембеле йўқ  19 07:36Ямал қимматбаҳо харидни амалга оширади  2

Samvel Babayan: "Gol o'tkazish - rejamizda bor edi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Gol o'tkazish - rejamizda bor edi"

Teglar :  Samvel Babayan
"Navbahor" hamda "Nassaji" o'rtasidagi OCHLning 3-tur o'yinidan (2:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun "yangi Navbahor" tug'ildi deb o'ylayman. Bu jamoa kurashishni va g'alaba qozonishni xohlaydi. Birinchi navbatda yigitlarni tabriklamoqchiman, ular bugun iroda, g'alabaga bo'lgan chanqoqlikni ko'rsatishdi. Qaytaraman, bugun "yangi Navbahor" dunyoga keldi. CHempionlar ligasida oddiy o'yinlar bo'lmaydi. Har bir jamoa ochko ishlash uchun maydonga tushadi. Bugun g'alabaga munosib edik va bu mehnatlarimiz samarasi.

- Birinchi bo'limdan so'ng yigitlarga nima dedingiz. Ikkinchi savol: Yaxshiboev bugun ko'rinmadi, unga nima bo'ldi?

- Maydonga tushmaganlarda jarohat bor. Navbatdagi savolga to'xtaladigan bo'lsam, birinchi bo'limni yaxshi boshladik, biroq hujumlarni yakunlashda muammolarga duch keldik. Keyin kutilmagan gol sodir bo'ldi. SHoshganimizdan 20-daqiqadan so'ng to'pni nazorat qilmay qo'ydik. Ikkinchi bo'limda O'runov va Sobirjonov orqali o'yinni kuchaytirdik. Bugungi kunda tarkibingizda o'yinni kuchaytira oladiganlar bo'lgani juda muhim. Umuman olganda durang ham adolatsizlik bo'lardi. Bu daqiqalar uchun futbolchilar bor kuchini ishga solishdi. Jamoamizga nafaqat Namanganda, balki butun O'zbekistonda muxlislik qilishmoqda.

- Birinchi gol o'tkazib, keyin kambek amalga oshirish rejasi bormidi. Oston O'runov nega zaxiradan maydonga tushdi?

- Gol o'tkazish - rejamizda bor edi (kulib). Oston nega asosiy tarkibda maydonga tushmadi? Unda jarohat borligi tufayli bahsni zaxirada boshladi. O'zbekiston Kubogidagi yarim finaldan so'ng biror marta mashg'ulotda ishtirok etmadi. U jarohati bo'lishiga qaramasdan borini berib o'ynadi.

- Doniyor Abdumannopov O'zbekiston Kubogi yarim finali penaltilar seriyasidagi xatosi tufayli tushkunlikka tushib qolganmidi. Nega bugun o'zini ko'rsata olmadi?

- Doniyor ikkinchi davrada bizga o'tganidan so'ng jamoada ko'p yordam berdi. U bugun ko'p harakat qildi, biroz hayajon tasir qilgan bo'lsa kerak. Unga etiroz yo'q.

- Toma Tabatadze va Yovan Jokich kelasi bahslarda ishtirok eta oladimi? Temurxo'ja Abduholiqov bugun yaxshi o'ynay olmagandek. Bazi vaziyatlarda uning o'rniga maydonga tushishga uringandek bo'ldingiz.

- Temurxo'ja biz uchun muhim, tajribali futbolchi. U yaxshi o'yin o'tkazdi, kamida 13 km. masofa bosib o'tgan bo'lsa kerak.

Davron Hoshimov haqida unutdingiz, u bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi. U Turkiyada operaciya qilindi. Tabatadze va Jokich tiklanish jarayonida, ular bu mavsumda bizga yordam bera olishadi deb o'ylayman.

- Raqib jamoa ustozi Mehdi Rahmati matbuot anjumanida hakamning xatosi haqida ko'p gapirdi.

- Men hakamlik haqida gapirishga o'rganmaganman. Hakam o'yinni juda yaxshi boshqardi. Simulyaciya va vaqt cho'zishlarni joyida jazoladi. Ular har bir to'xtatilish uchun kerakli vaqt qo'shishadi. Esingizda bo'lsa, "Al Hilol" bilan bahsda referi 14 daqiqa qo'shib bergan edi. Hamma o'z ishini qilgani yaxshi. Menimcha, aybni o'zidan izlash kerak. To'g'ri, bazida biz ham etiroz bildirdik.

Aytgancha, zaxiradagi hakam O'zbekiston terma jamoasi taqdirini hal qilgan. Xitoydagi uchrashuvda penalti qo'yib, bizni JCHdan mahrum qilgan. U oldimga kelib, to'xtatilgan vaqt uchun keragicha daqiqa qo'shilishini aytdi.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика