So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  110 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Samvel Babayan: "G'alaba uchun barchaga rahmat" Yangiliklar

Samvel Babayan: "G'alaba uchun barchaga rahmat"

O'zbekiston va Xitoy uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

"Bugun sifatli o'yin namoyish etdik. Rejalashtirgan ishlarimizni amalga oshirdik va maqsadimizga erishdik. Muxlislarni tabriklayman. Yigitlarga rahmat aytmoqchiman", - deya so'z boshladi Babayan.


- Ikkinchi gol oldidan SHukurovni oldingizga chaqirib nima dedingiz?

- O'z ko'rsatmalarimni berdim.


- Ko'p hujumlardan futbolchilarimiz rohat olishdi...

- Tezkor hujumlarimiz o'z samarasini berdi. Buni albatta rejalashtirgandik.


- Curiya bilan o'yindan so'ng Krimecning boshi bilan gol urishini aytgandingiz. Bu amalda isbotini topdi. Jeparovning bugungi o'yini haqida nimalar deya olasiz?

- Bugun standardlarda qulay vaziyatlarga ega bo'ldik. Afsuski, xar doim ham bunday imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz. Hali, qiladigan ishlarimiz bor. 

Server bugun 120-o'yinini o'tkazdi. Bu rekord. Uni o'smirlik davridan bilaman. U haqiqiy professional. Unga minnatdorchiligimni bildirgan holda tabriklab qolaman.


- G'alaba uchun rahmat. Birinchi bo'limda asosan himoyada o'ynayapmiz. Keyinchalik oldinga borish evaziga muvaffaqiyat qozonmoqdamiz. Keyingi o'yinlarda ham shu taktikada o'ynamoqchimisiz?

- Har bir o'yin uchun alohida taktika tanlanadi. O'yinda to'pni nazorat qilishga urindik. Ikkinchi bo'limda bo'sh zonalar paydo bo'ldi. O'z oldiga yuqori maqsad qo'yadigan jamoa hujumda ham, himoyada ham birdek o'ynay olishi lozim. Asosiysi, kurashlarda yigitlar g'alaba qozonishdi.


- Xitoy tarkibidagi yangi futbolchilar haqida...

- Albatta, boshlang'ich tarkibdagi futbolchilar men uchun ham yangilik bo'ldi. Biroq, futbolchilar boshqa bo'lgani bilan murabbiy o'sha. Jamoaning o'yin falsafasi o'zgargani yo'q. 


- Xitoy bosh murabbiyi istefo elon qildi. Bunga munosabatingiz...

- U bilan yaxshi tanishman. Uni juda hurmat qilaman. U baribir mahalliy mutahassis. Federaciya rahbariyati baribir unga ishonishda davom etadi deb o'ylayman. 


- CHap qanot futbolchilari bugun faol harakat qilishdi. O'ng qanot haqida esa bunday deya olmaymiz...

- To'rtta o'yin o'tkazdik. Biroq, hech qaysisida optimal tarkib bilan o'ynay olmadik. SHuni aytishim mumkinki, bugun o'ng qanotda Hoshimov yomon taassurot qoldirmadi. SHuningdek, Marat ham yaxshi harakat qildi.

Birinchi goldan so'ng ikkita zarbamiz darvoza ustuniga tegdi. Xitoyga qarshi o'ynash oson bo'lgani yo'q. Ularning chempionatiga bir qarang! Qanday yulduzlar to'p tepmoqdalar.

Eronning bugungi o'yini? Men bor etiborimni o'z o'yinlarimga qaratganman.


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика