Sampaoli Argentina terma jamoasini boshqarmoqchi

Aslanov Jasurbek
16 dek 2015, 10:49
Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Argentina terma jamoasini boshqarmoqchi ekanligini aytdi.

"Argentina futbol federatsiyasi prezidentligi uchun saylovni kutaman va tashkilot yangi rahbarining rejalarini o'rganaman. Boshqalar bilan ham suhbatlashdim, ammo birinchi navbatda yangi prezident loyihamni qo'llashini bilishim lozim.

Terma jamoani boshqarish - argentinalik har bir murabbiyning orzusi, bu xuddi futbolchilar terma jamoada o'ynashni istagandek. Har bir murabbiyning o'z uslubi bo'ladi. Jamoamizda eng yaxshi hujumchilar yig'ilgan.

Milliy jamoa jahon chempionatiga chiqa oladi va agar o'z imkoniyatlaridan unumli foydalana olsa Rossiyada chempion bo'ladi" - deydi Sampaoli.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Puro Concepto