Saloh "Manchester Siti"ga qarshi o'ynashga tayyor!
07 mar 2024 18:30
Yangiliklar
"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh safga qaytdi va Angliya Premer-ligasining 28-turidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda ishtirok etishga shay. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp aytib o'tdi.
"U biz bilan. Saloh ikki kundan beri mashg'ulot o'tkazmoqda va kuchga to'la. Ko'ramiz. U safga qaytgani ajoyib ish bo'ldi.
U jamoa bilan ikki kun davomida shug'ullandi. Boshqa vaziyatda futbolchi qaydnomaga bunday vaqtda kiritilmagan bo'lardi, ammo hozir vaziyat shunaqa, bu mantiqiy qaror. Biz ehtiyot bo'lishni xohlaymiz va ehtiyot bo'lishimiz kerak, lekin biz mavsumning o'ta shiddatli qismi o'rtasida turibmiz. Bizga hamma kerak. Ko'ramiz, u qancha vaqt maydonda bo'la oladi, lekin, ha, bu yaxshi xabar", – dedi Klopp.
"Liverpul" – "Manchester Siti" uchrashuvi 10 mart kuni 20:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar