So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Saloh burnini jarohatlab olgan bolakayga g'amxo'rlik qildi Yangiliklar

Saloh burnini jarohatlab olgan bolakayga g'amxo'rlik qildi

Gap shundaki, kuni kecha ikki liverpullik bolakaylar "Liverpul"ning Melvuddagi mashg'ulotlari tugashini kutishgan.

Ular 11 yoshli Lui Fauler va uning ukasi 10 yoshli Ayzek edi. Sababi malum, sevimli yulduzlari bilan suratga tushish.  

Qahramonlarimiz to'satdan Salohning mashinasini ko'rib qolishdi. Lui uning orqasidan yugurdi, lekin tasodifan ustunga borib urildi va burnini jarohatladi. 

Buni ko'rib qolgan Saloh darhol mashinasini to'xtatdi va hammasi joyida ekanligini bilish uchun mashinadan tushib etib keldi. Albatta, Muhammad Saloh bu paytda yigitchalar bilan rasmga tushishni rad etolmasdi, ular birgalikda rasmga tushishdi. SHuningdek, misrlik futbolchi jabrlangan muxlisiga imzosi tushirilgan libosini ham sovg'a qildi.

 

Bolalarning otasi ijtimoiy tarmoqlarda futbolchiga minnatdorchilik bildirdi. 

"Muhammad Saloh, Luis nokaut bo'lgach, ortga qaytib undan xabar olganingiz uchun rahmat. 

U sizni juda yaxshi ko'radi va uni quchoqlaganingizdan keyin og'riq darhol yo'qolganligini aytdi. Aytgancha, burun bilan hammasi joyida. 

Siz yaxshi insonsiz va chinakam jentlmensiz!" 

Muhammad Saloh - ko'plab futbolchilar uchun haqiqiy namunadir! 

SHerzod Nurmatov tarjimasi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика