Saloh APLda “Liverpul” safida bunday natijani qayd etgan to'rtinchi futbolchiga aylandi
09 iyu 2020 08:56
Yangiliklar


Saloh APLda “Liverpul” safida bunday natijani qayd etgan to'rtinchi futbolchiga aylandi
“Liverpul” APL 34-turi doirasida safarda “Brayton”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuvda “qizillar” etakchisi Muhammad Saloh 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi. Natijada Saloh APL doirasida “Liverpul” safida gol+pas tizimida 100 ochko ishladi. Uning hisobida 73 ta gol va 27 ta golli uzatma bor. Mersisayd klubi safida APLda bunday natijaga Salohdan oldin faqat 3 nafar o'yinchi erishgandi. Bular: Stiven Jerrard (212), Robbi Fauler (158) va Maykl Ouen (148).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar