Salim Mustafoev: “Al-Ayn”ga qarshi hujumkor futbol namoyish etamiz”
22 avg 2016 19:03
Yangiliklar
Salim Mustafoev: “Al-Ayn”ga qarshi hujumkor futbol namoyish etamiz”
Ushbu uchrashuv oldidan “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Salim Mustafoev ijtimoiy tarmoq orqali o'z fikrlarini bildirdi.
“BAAning Dubay shag'riga alo darajada etib keldik, bizni iliq kutib olishdi. Bu erga kelganimizdan so'ng biroz xordiq chiqardik. Birozdan so'ng mashg'ulot o'tkazish uchun maydonga chiqamiz. Ushbu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va ularni o'yinlari ko'rib o'rganib chiqdik. Bizga ikkita yangi futbolchilarAleksandr Stepanovich va Artur Gevorkyan kelib qo'shilishdi. Raqiblarimiz ham yangi futbolchilarni o'z tarkiblariga qo'shib olishgan, lekin ismlarini bilmayman. Ertaga himoyani unutmagan holda hujumkor futbol namoyish etamiz. G'alaba uchun maydonga tushamiz. Mehmonda o'ynaganimizni inobatga olsak durang natija ham yomon natija emas”, - deydi “Lokomotiv” klubi futbolchisi Salim Mustafoev.
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar