Salax APLda qarshi o'ynagan barcha klublarga gol urgan, faqat...
14 okt 2021 11:20
Yangiliklar
Salax APLda qarshi o'ynagan barcha klublarga gol urgan, faqat...
Muhammad Salax ingliz klublariga qarshi umumiy hisobda 238 ta uchrashuvda maydonga tushgan - 212 tasi "Liverpul" safida (134 gol) va yana 19 ta "CHelsi"da (2 gol).
Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchi o'zi qarshi maydonga tushgan barcha ingliz klublari darvozasini ishg'ol qilgan, faqatgina "Liverpul"dan tashqari. Ha, Salax hech qachon "Liverpul" darvozasini ishg'ol qilmagan. Biroq u bir marta "qizillar"ga qarshi maydonga tushgan.
O'sha yagona uchrashuv 2013/14 yilgi mavsumda ro'y bergan. "Qizillar" "Enfild"da "CHelsi"ga imkoniyatni boy berishgan (0:2), Salax esa maydonda 60 daqiqa harakat qilgan bo'lsada, gol ura olmagan.
Eslagan bo'lsangiz, bu o'sha Stiven Jerrard sirpanib ketib, to'pni yo'qotgan va amalda "Liverpul"ni chempionlikdan quruq qoldirgan bellashuv.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar