So’nggi yangiliklar

17:57Равшан Эрматов клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида энг кўп ўйинни бошқарган ҳакам бўлиб турибди  0 17:31"Шўртан" охирги бор Олмалиқда қачон ғалаба қозонган?  0 17:24Шавкат Саидов: "Бунёдкор" директори бўлишим? Бу нотўғри маълумот"  0 17:15Исроил ҳужуми туфайли Тареми жаҳон чемпионатига бора олмади  6 16:43"Реал" Асенсио билан шартномани узайтирди  1 16:20Ўзбекистонлик спорт психологи "Сантьяго Бернабеу"да "Master in Sport Psychology" дипломини олди  7 16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  11 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2 14:40Родриго АПЛга ўтишни рад этди  6 13:43Ана холос! Гасперини Довбикка чиқиш эшикларини кўрсатмоқда  9 13:10Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  5 12:42Лондон клуби 70 млн фунтлик трансферни амалга оширишга тайёр  1 12:26Эшитдик-да! ЦСКА клубида ўзбекистонлик мураббий иш бошлашга яқин  0 11:51"Манчестер Сити" Грилишни 50 миллион фунтга сотмоқчи, аммо...  0

Salamat Quttiboev: “Olmaliq”ga o'tib adashmadim” Yangiliklar

Salamat Quttiboev: “Olmaliq”ga o'tib adashmadim”

Mavsum avvalida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasidan “Olmaliq”qa ko'chib o'tgan Salamat Quttiboev yangi klubi tarkibida o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q.

Aksincha nukuslik futbolchi qisqa fursat ichida “Olmaliq”ning etakchisiga aylanib ulgurdi. SHu bois bo'lsa kerak bosh murabbiy Igor SHkvirin uni 27ta o'yinda maydonga tushirdi. O'z navbatida futbolchi raqiblar darvozasiga jami 5ta gol to'p kiritdi. Yaqinda Salamatga “Nasaf” jiddiy qiziqayotgani haqida eshitdik. SHu munosabat bilan futbolchining o'zi bilan bog'langanimizda, intervyu berishga unchalik qiziqmasligini aytib, gapga “yo'qroq”ligini takidladi. Ammo qarorimizda qatiy turib, “gapirtira” oldik. Javoblar esa oldindan tahmin qilganimizdek, qisqa-qisqa bo'ldi.

- Tatilni qanday o'tkazyapsiz?
- Uydaman. Nukusda oilam davrasida dam olyapman. SHu kunlarda tobim qochib qolgan. SHamollab qoldim shekilli, davolanyapman.

- Bu yil “Olmaliq”da 27ta o'yinda maydonga tushdingiz. Faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Albatta. “Olmaliq”qa o'tib adashmadim. U erda ajoyib mavsumni o'tkazdim.

- CHempionat avvalida ko'pchilik “Olmaliq”ni sovrinli o'rinlar uchun jiddiy kurashishini tahmin qilgandi. Ammo yakunda 6-o'rin bilan cheklandi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Ayrim uchrashuvlarda qimmatli ochkolarni boy berdik. Bunga eng avvalo o'zimiz sababchimiz. Safar o'yinlarida xususan Namanganda g'alaba qozonayotgan paytimizda yakunda durang o'ynab qo'ydik. Keyin o'zimizda kutilmaganda “Mashal”ga imkoniyatni boy berdik. SHu kabi bahslarda yo'qotilgan ochkolar oxirida salbiy tasir o'tkazib, sovrinli o'rinlarga bo'lgan imkoniyatimizni keskin pasaytirib yubordi deb o'ylayman.

- Bosh murabbiy sizni yarim himoyada o'ynatishga qaror qildi. Aftidan markaziy yarim himoyachi sifatida xarakat qilish, o'zingiz uchun ham qulay bo'lsa kerak?
- Ha, shunday. Bungacha asosan mudofaa chizig'ida o'ynab kelardim. Ammo “Olmaliq”da ko'proq hujumchilar ortida xarakatlandim. (Kulib) Natijada 5ta gol ham urishga erishdim. 


- Markazda qaysi futbolchi bilan o'ynash siz uchun engilroq kechdi?
- Bilasiz bizda yuqori saviyadagi o'yinchilar yig'ilgan. Ko'pincha Jahongir Abdumo'minov bilan tandem bo'ldik. Uni “Mashal”dan beri bilaman. Iqtidorli yigit. Qolaversa SHavkat Salomov bilan o'ynash ham anchagina oson. SHuningdek G'ulom O'runov ham chakki emasligini takidlagan bo'lardim.

- Igor SHkvirin qanday taassurot qoldirdi?
- Juda yaxshi. Murabbiy sifatida o'ziga yarasha bilim va fikriga egadir. “Olmaliq”ni ko'p yillardan buyon boshqarib kelayotgani uchun ham tajribasi yuqori. Qolaversa o'z vaqtida kuchli futbolchi bo'lgan. Har qanday xolatda ham futbolchini ruhiyatini seza oladi va o'yinga tayyorlash uslubi ham o'zgacha.

- “Olmaliq”qa o'tib adashmadim deb aytdingiz. Aytingchi kelasi yil ham sizni ushbu jamoada ko'ramizmi?
- Jamoam bilan shu yilning dekabr oyiga qadar amalda shartnomam bor. Yaqinda “Olmaliq” ilk yig'inni boshlaydi va unda men ham ishtirok etaman. Nazarimda ushbu yig'in chog'ida bu masala yuzasidan rahbariyat va bosh murabbiy bilan gaplashib olish imkoni bo'ladi. Lekin hozir ular menga hech nima demadi.

- Sizga “Nasaf”dan taklif bo'layotganini eshitdik. SHu rostmi?
- Bu haqda shaxsan “Nasaf” vakillaridan hech biri menga murojaat qilgani yo'q. To'g'risi, hozir tatilda bo'lganim uchun asosiy etiborimni xordiq chiqarishga qaratganman. SHu bois bu borada o'ylab ko'rmadim.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика