Salah “Liverpul”da eng yaxshi futbolchi deb topildi

11 may 2018, 01:25
Yarim himoyachi Muhammad Saloh muxlislar o'rtasida o'tkazilgan surovnoma yakuniga ko'ra jamoaning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi.

Bu haqda “Liverpul” klubining Tvittyerdagi rasmiy sahifasi ma'lum qildi.

Joriy mavsumda Saloh Premer ligada 35 ta uchrashuvda 31 ta gol urdi va 9 ta golga hammualliflik qildi. YCHL bahslarida esa misrlik futbolchi 14 ta bellashuvda o'z hisobiga 11 ta gol rasmiylashtirdi va to'rt bor jamoadoshlariga assistentlik qildi.

Eslatib o'tamiz, Muhammad 2017 yilning yozida 42 million evro evaziga “Roma”dan “Liverpul”ga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com