Saa: "Reshford Mbappe bilan bir xil saviyada"
24 iyu 2020 19:25
Yangiliklar


Saa: "Reshford Mbappe bilan bir xil saviyada"
Manchester Yunaytedning sobiq forvardi Lui Saa Markus Reshfordni PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan solishtirdi.
“Mahorat jihatidan Reshford va Mbappe bir xil darajada. Ikkisi ham juda tezkor, ular ikki yo uch himoyachi orasidan chiqib ketishga qodir. Ularning poziciyalari ham o'xshash. Ular keng masofada o'ynashni xush ko'rishadi, shuningdek, markazda ham o'ynay olishadi.
Agar saviya haqida gapiradigan bo'lsak, Reshford va Mbappe aniq bir xil darajada. Mbappe ancha barqaror, boisi, Reshford o'tish davrini boshidan o'tkazayotgan jamoada o'ynamoqda. U o'zini haqiqatan ko'rsata olmadi. Boshida etakchi bo'lish uning qo'lida emasdi”, deydi Saa.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar