So’nggi yangiliklar

17:35Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон ва Кувайт терма жамоаларининг таркиби маълум  0 17:16Отабек Умаров ва Равшан Эрматов Миллий футбол марказидаги қурилиш жараёнини кўздан кечирди  5 16:55Суперлигага қайтган "Қўқон-1912" назорат баҳсида кумуш медал соҳиби ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди  6 16:28"Динамо" БААга учиб кетди. Абрамов шогирдлари ЖАР, БАА, Россия ва Хитой клубларига қарши ўйнайди  1 16:05"Африкада бир бўлак нон учун ҳар куни эрталаб 20 миль масофани босиб ўтадиган инсонлар бор"  1 15:22"Пахтакор" Туркия йиғини доирасида Чехия клубига мағлуб бўлди  12 15:00Ўзбекистон МТЖнинг Иорданияга қарши ўйини бошланиш вақти маълум  2 14:33Тен Хаг Топ-5га қайтиши мумкин  4 13:48"Манчестер Сити"нинг аҳволи яхши эмас  22 13:15"Пахтакор"нинг навбатдаги трансфери европалик футболчи бўлиши мумкин  12 12:43Салаҳ: "Фойдасиз эмаслигимни исботлаш учун "Ливерпул"ни танлаганман"  5 11:53Breaking! Ҳусановнинг агенти учиб кетди, Абдуқодир "Манчестер Сити"да қачон тиббий кўрикдан ўтиши маълум  30 11:35"ЖЧдаги чемпионлик Роналдунинг фаолияти учун ажойиб якун бўларди"  11 11:06«Ювентус» «Барселона»га 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:40Роналдунинг «Ал Насср» билан янги келишувига кўра ҳафтасига қанча маош олиши маълум  7

“SA” anketasi. Besh savolga besh javob (X.Xoliqov varianti) Yangiliklar

“SA” anketasi. Besh savolga besh javob (X.Xoliqov varianti)

Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionati tobora qizg'in tus olmoqda.
Guruh o'yinlari ham yakuniga etay deb qoldi. Saytimiz xodimlari bilan kelishgan holda JCHga bag'ishlangan anketa tashkil qildik. Unda jurnalistlarga beshta savol beriladi va shu savollardan kelib chiqib har kim o'z javobini aytadi. Demak, anketamizning dastlabki ishtirokchisi Xayrulla Xoliqov. Quyida savollar va X.Xoliqovning javoblarini o'qishingiz mumkin.

Savollar
1.   Jahon chempionati borasidagi taassurotlar?
2.   Qaysi o'yinlar ko'proq yoqdi?
3.   Osiyo jamoalarining ishtiroki haqida nima deya olasiz?
4.   O'zingiz uchun kimlarni kashf qildingiz? (Jamoa va futbolchilardan)
5.   Jahon chempioni bo'lish uchun kimda imkoniyat yuqori?

Javoblar
1.   Jahon chempionatidek har to'rt yillikning eng yirik musobaqasini doimgidek katta qiziqish bilan ko'rib boryapman. O'yinlar men kutgandan ham shiddatli kechmoqda deya olaman. SHunda bazan o'ylanib qolar ekansan, agar terma jamoamiz chiqqanida shunday tezlikka bardosh bera olarmidi deb. Bu yilgi mundialda istalgan voqea yuz beradimi? To'g'risi, bu borada bir narsa deyish qiyin. To'g'ri, guruh o'yinlarida kutilmagan natijalar kuzatildi. Ammo pley-off boshlangach, favoritlar o'z so'zini aytsa kerak. TV orqali o'yinlarni tomosha qilar ekanmiz, stadiondagi muhit ajoyib ekanligini aytib o'tmasak bo'lmaydi. Bir so'z bilan aytganda hammasi zo'r. Yana bir narsani aytish lozim, Evropada yorqin va og'ir mavsumni o'tkazgan aksariyat yulduzlar mundialda o'zlarini ko'rsata olishmadi. Buni esa charchoq alomatlari bilan izohlasak bo'ladi, vaholanki ularning iqtidoriga hech kim shubha qilmaydi.

2.   Braziliya - Xorvatiya, Xorvatiya - Meksika, Gollandiya - Ispaniya, Urugvay - Italiya, Argentina - Eron, Franciya - SHveycariya Germaniya - Portugaliya hamda Rossiya - J.Koreya uchrashuvlarini alohida qiziqish bilan tomosha qildim va shu o'yinlar menga maqul keldi. Albatta, bu erda oddiy o'yinning o'zi yo'q. Hamma bir-biri bilan oxirigacha kurashmoqda. Hozircha Meksika, Gollandiya, Urugvay va Franciya ishtirokidagi o'yinlar ko'proq yoqdi deya olaman.   

3.   OFKga azo davlat bo'lganimiz uchun ham Osiyo jamoalarining jahon chempionatidagi ishtiroki hech kimni befarq qoldirmasa kerak. Musobaqa boshlanmasidan oldin Osiyoning to'rtta jamoasidan hech bo'lmasa ikkitasi keyingi bosqichga chiqishini taxmin qilgandim va asosiy urg'uni Yaponiya bilan Janubiy Koreyaga bergandim. Biroq Yaponiya atigi bir ochko bilan guruhda oxirgi o'rinni egalladi. Janubiy Koreyaning ham guruhdan chiqishi juda qiyin bo'lib qoldi. Avstraliya esa har uchala bahsda mag'lubiyatga uchrab turnirni tark etdi, lekin ularning o'yinini yomon deb bo'lmaydi. Avstraliya hozirgi o'yinini saqlab qolsa, kelasi yil o'zida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida bemalol chempionlik uchun kurasha oladi. Eron termasi masalani bugun hal qiladi. YO guruhdan chiqadi yo narsalarni yig'ishtirib uyga qaytadi. Bundan tashqari, Osiyo vakillari orasida hozircha gol urmagan birgina Eron bo'lib turibdi. Menimcha, Osiyo jamoalari musobaqada o'z darajalarida ishtirok etishdi, shunga qaramay Yaponiya va Koreyadan ko'proq narsa kutgandim.

4.   O'zimni Evropa futboli bo'yicha jonkuyar ishqiboz deb hisoblamayman. SHuning uchun ochig'ini aytishim kerak, mashhur nomlarni inobatga olmaganda ko'pchilik futbolchilarni tanimas ekanman. Aksariyat o'yinchilarni mundial orqali bilib oldim. Jamoalardan bemalol Kosta-Rika, Kolumbiya va AQSH kashfiyot bo'ldi deya olaman. Bu jamoalarning o'yin olib borish usuli yoqdi. Futbolchilardan esa Xaver Ernandes, Edinson Kavani singari futbolchilarni o'zim uchun yana bir bor kashf qildim.  

5.   Fikrimcha, buyog'iga Braziliyani to'xtatib qolish qiyin bo'ladi. Musobaqa mezbonlari bemalol finalgacha borish imkoniyatiga egalar. Bundan tashqari, Franciya bilan Argentinada ham imkoniyat bor deb o'ylayman. Menimcha, mazkur JCHni Evropadan faqat Franciya yutishi mumkin. CHunki taxminimcha Germaniya va Gollandiya yo'lda qoqilishadi. Braziliya shundoq ham kuchli, Argentinani Messining bir o'zi elkasida ko'tarib chempionlik sari etaklashi mumkin. O'ylashimcha, jahon kubogi bu safar Janubiy Amerikada qoladi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика