Ryuji Sato jamoalarimiz uchun qanchalik omadli?
22 mar 2016 13:18
Yangiliklar
Ryuji Sato jamoalarimiz uchun qanchalik omadli?
SHu tariqa, Ryuji Sato oltinchi bor o'zbek jamoalari ishtirokidagi o'yinda ishlaydi
2014 yil U19 Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichi doirasida O'zbekiston BAA bilan 2:2 hisobida durang o'ynagandi.
Ushbu hakam 2015 yil Janubiy Koreya - O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida ham ishlagandi. Uchrashuvda Zohir Qo'ziboev gol urgandi va bahs 1:1 hisobida tugagandi.
O'tgan yil Sato OCHL guruh bosqichi doirasida "Lokomotiv"ning "Fulad"ga qarshi uchrashuvida hakamlik qilgan. O'sha uchrashuv ham 1:1 hisobida tugagandi.
Bu yil Ryuji bir yo'la ikki bor o'zbek klublari ishtirokidagi uchrashuvni boshqarib bordi.
OCHL 1-turi doirasidagi "Al Ahli" - "Nasaf" o'yinida "ajdarlar" 1:2 hisobida yutqazib qo'yishgandi. O'sha o'yinda hakam Erkin Boydullaevga qizil kartochka ko'rsatgan va Dilshod Rahmatullaevga nisbatan ishlatilgan qo'pollikni etiborsiz qoldirgandi.
3-turdan o'rin olgan "Sepaxon" - "Lokomotiv" uchrashuvida "temiryo'lchilar" Marat Bikmaev va Sardor Mirzaevning gollari evaziga zafar quchishgandi - 2:0.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Filippin uchrashuvi 24 mart kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar