Ryudiger jarohat oldi

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2019, 21:30
"Chelsi" futbolchisi Antonio Ryudiger "Liverpul"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Germaniyalik futbolchi birinchi bo'limda Sadio Mane bilan to'qnashib ketdi. Keyin esa o'yinni davom ettirdi. Biroq, birozdan so'ng u o'zini almashtirishlarini so'radi va shifokor yordamida maydonni tark etdi. 

Ryudigerning o'rniga maydonga 49-daqiqada Kristensen tushirildi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru