Rustam Umarov: “Quvaytni mag'lub etishimiz shart edi”
22 may 2014 15:51
Yangiliklar
Rustam Umarov: “Quvaytni mag'lub etishimiz shart edi”
Vetnamning Xo SHi Min shahrida bo'lib o'tgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida bronza medallarni qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi azolari pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Biz esa terma jamoamizning asosiy darvozaboni Rustam Umarovni ofisimizga taklif etdik.
- Dastlab guruh o'yinlari haqida fikringizni bildirib o'tsangiz?
- Guruhimiz juda ham kuchli edi, bizga oson bo'lmasligini hammamiz yaxshi bilardik. Musobaqaga avval Toshkentda Eron bilan, keyin Xitoyda Xitoy bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish orqali yakuniy tayyorgarlik ko'rdik.
Birinchi turdagi raqibimiz Qirg'iziston edi. Ular bilan Osiyo chempionati saralash bosqichi doirasida o'tgan yili Toshkentda o'tkazilgan o'yinda 5:1 hisobida halaba qozongan edik. Lekin, final bosqichi bu umuman boshqa masala, bu erda musobaqaga ham, o'yinga ham yondashuv o'zgaradi. Birinchi o'yin hamisha qiyin kechadi. Avvaliga hammasi rejadagidek ketayotgan edi, ammo so'nggi daqiqalarda hotirjamlikka berildik va ikkita to'p o'tkazib yubordik. Kutilmaganda yo'qotilgan ikki ochkodan so'ng u erda O'zbekiston futzal federaciyasi vice-prezidenti Jaxongir Usmonov barjani yig'ib katta majlis o'tkazdilar. Majlis jiddiy ruhda o'tdi va o'ylaymanki biz uchun foydali bo'ldi.
Yaponiya bilan ikkinchi turdagi o'yinimiz hayot-mamot jangi edi, chunki Qirg'iziston bilan durang o'ynaganimiz guruhdan chiqish imkoniyatlarimizni keskin pasaytirib yuborgan edi. O'yinda birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborgan bo'lsak ham, darhol muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldik. Himoyada mustahkam turdik, oxirgi soniyalarda esa hamma durang qayd etiladi deb o'ylayotganda himoyachi va darvozabonning qo'pol xatosidan unumli foydalangan Artur Yunusov jamoamizga tarixiy g'alabani keltirdi. Uchrashuv yakuniga etgach bizni to'xtatib qolishning deyarli imkoni yo'q edi. Barcha butun majmua bo'ylab yugurgan, hursandchilik qilgan. Bu holatni to'la his qilish uchun o'sha erda bo'lishingiz kerak. Amaldagi chempionni mag'lub etish hamisha yoqimli.
Uchinchi turda esa Janubiy Koreyani ham mag'lub etdik va guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladik.
- Yaponiyani mag'lub etilishi o'yinchilarga qo'shimcha kuch bag'ishladimi?
- Albatta, Yaponiya mag'lub etib guruhda birinchi bo'lganimiz va chorak finalda Livanga ro'baro bo'lganimiz bizga qo'shimcha stimul bo'ldi.
Livan bilan o'yinning birinchi bo'limi biroz og'ir o'tdi, lekin ikkinchi bo'limda o'zimizga kelib oldik. Raqib darvozasiga oltinchi to'pni kiritganimizdan so'ng parketga yosh o'yinchilar tushirildi. Ular munosib o'yin ko'rsatishdi, biroz tajriba kamligi bois ikkita to'p o'tkazib yuborishdi.
- Eron bilan o'yinda bunday hisob qayd etilishiga nima sabab bo'ldi?
- Eron bilan o'yin biz uchun juda og'ir o'tdi, ketma-ket o'tkazib yuborilgan gollardan so'ng o'yinni qutqarib qolish qiyin edi. Forslar juda ham tezkor, buning ustiga yo'q joydan gol yasay olishadi. Hisob yiriklashgandan so'ng asosiy o'yinchilarni zahiraga olib, ularga dam berildi. Uchinchi o'rin uchun Quvayt bilan o'yinga kuch yig'ib olishimiz kerak edi.
Quvayt bilan o'yinga esa ancha tetik holda chiqdik, buning ustiga ulardan eski qarzimiz ham bor edi. Avvalgi qita birinchiligida Quvayt guruhda biz bilan durang o'ynab oyog'imizdan chalib qolgan edi. Bu o'yinda g'olib chiqishimiz shart edi, hech qachon yutqazmagan jamoangdan bronza uchun o'yinda engilish mumkin emas. Buni o'yin davomida ham isbotladik va medallarni qo'lga kiritdik.
- Darvozabon bo'lganingiz uchun ham o'yin davomida ko'proq ampluadoshingizning harakatlariga etibor qaratasiz. Siz uchun qaysi darvozabonlarning harakatlari maqul keldi?
- Men uchun Eron terma jamoasi darvozaboni Mustafa Nazari hamisha kumir bo'lib kelgan, uning o'yinlaridan zavq olish mumkin. Bundan tashqari, Yaponiya terma jamoasi darvozaboni Hisamitsu Kavaharani qattiq hurmat qilaman. Yaponiya bilan o'ynaganimizda bunday jamoa va darvozabonga qarshi parketga tushish yoqimli bo'ldi. Aynan biz bilan o'yindagi Kavaharaning qo'pol xatosi evaziga yo'qotilgan uch ochkodan keyin uni maydonga boshqa tushirmadi. Finalgacha ikkinchi darvozabon turdi, finalda esa uchinchi darvozabon Yushi Sekiguchi tushdi. Sekiguchi hal qiluvchi baxsda o'zini ko'rsata oldi, o'yin davomida ham bir qancha vaziyatlarda jamoasini qutqardi, penaltilar seriyasida ham uchta zarbaning uchchalasini bartaraf etdi.
Mustafa Nazari esa jarohati borligi sabab Vetnamga bormadi.
- Yangi mavsumni qaysi jamoada boshlaysiz?
- “Bunyodkor” bilan shartnomam bor, bu shartnoma avgustgacha amal qiladi. Hozircha boshqa jamoalardan takliflar yo'q, chunki hammaga dam berilgan. Ehtimol, “Bunyodkor” bilan shartnomam muddatini uzaytirishim ham mumkin.
- Osiyo chempionatida ishtirok etgan yosh o'yinchilarimiz qanday taasurot qoldirdi?
- Vetnamda Dilshod Irsaliev hamda Nodir Eliboevlarning o'rni bilindi. Lekin, yoshlar ham o'yinga tushgach o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Davron Abduraxmonov hamda Davron CHorievlarning harakatlarini ijobiy baholash mumkin. Bu o'yinchilar o'z ustida ishlashda davom etsa, ularni yorqin kelajak kutib turibdi deb ayta olaman.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar