"Zenit" Braziliya termasi hujumchisini o'z safiga qo'shib oladi
20 jan 15:34
Yangiliklar


"Zenit" Braziliya termasi hujumchisini o'z safiga qo'shib oladi
"Zenit" "Botafogo" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Luis Enrike bilan "4+1" sxemasida shartnoma imzolaydi.
19 yanvar kuni futbolchi Doxa shahriga etib kelgan, rossiyaliklar aynan shu erda mavsumga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Transfer summasi 30 million evro + 2 million evro bonusni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, Enrike "Botafogo"ga "Betis"dan 2024 yilning fevral oyida 16 million evroga ko'chib o'tgandi. Rio-de-Janeyro shahri jamoasi tarkibida 24 yoshli futbolchi 55 ta o'yinda 12 ta gol urib, 6 ta golli uzatma etkazib bergan. "Transfermarkt" portali barziliyalikni 22 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
16:55
Luis Dias yozda "Liverpul"dan "Barsa"ga o'tmoqchi. Vingerning agenti bu haqda Dekuga xabar berdi 23

Fikrlar