So’nggi yangiliklar

08:10Анчелотти Бразилия МТЖга мамлакат футболи афсонасини ёрдамчи мураббий сифатида таклиф қилмоқчи  0 07:37Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур давом эттирилади  0 01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  7 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  7 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  5 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  19 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  49

Manosiz yig'in Yangiliklar

Manosiz yig'in

O'zbekiston terma jamoasi bugun Dohada navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.

Dekabr oyida terma jamoamiz yaqinlashib kelayotgan JCH-2026 saralash bahslariga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish maqsadida FIFA kunlaridan tashqarida yig'in o'tkazishini malum qilgandi. Yig'indan maqsad Superligada to'p tepayotgan futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish va saralab olish edi. Yig'in Qatar poytaxti Dohada bo'lib o'tishi va bugun start oladi.

Barchasi reja bo'yicha ketayotgandi, biroq bir necha soat oldin kutilmagan(balki kutilgan) xabar elon qilindi.


"O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Qatar poytaxti Doha shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi. Bosh murabbiy Srechko Katanec salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko'ra ushbu yig'inda qatnasha olmaydi. Yig'in davomida jamoamiz bilan yordamchi murabbiylar Alesh CHex hamda Vlado Radmanovich ish olib borishadi. Srechko Katanecga salomatlik tilaymiz" - deya habar bermoqda O'FA matbuot xizmati.


Srechko Katanecning sog'lig'i bilan bo'layotgan muammolaridan barchamiz xabardormiz. Bosh murabbiyimiz bunga qadar bir nechta uchrashuvni o'tkazib yuborgan edi. Bu yangilik emas va o'zbek futboliga befarq bo'lmagan har bir inson bunday hodisa yana bir bor ro'y berishi mumkinligi haqida bilar edi. Nahotki O'FA yig'inlarni tashkil qilishda ushbu jihatni hisobga olmagan bo'lsa? O'quv-mashg'ulot yig'inlarini rejalashtirishdan oldin bosh murabbiyning ahvoli bilan qiziqib, keyin esa yig'in sanalarini kelishib olish to'g'riroq bo'lmasmidi?


Endi FIFA kunlaridan tashqarida o'tkazilayotgan yig'in masalasiga to'xtalsak. Superligada mavsum dekabr oyining dastlabki kunlarida yakunlanadi va futbolchilar biro oylik tatilga chiqishadi, lekin ayrim jamoalar Yangi yilga qadar keyingi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlaydi, masalan "Dinamo". Deyarli bir yil o'z klublari safida to'p tepadigan futbolchilarda dam olish va futboldan uzoqlashish uchun bir oy vaqt bo'ladi xolos. Yanvarda barcha klublar o'z yig'inlarini boshlaydi. Ayni damda klublar o'z futbolchilari bilan Turkiya yoki boshqa mamlakatlarda yig'in o'tkazishmoqda. Klublarimiz keyingi mavsumga poydevor qurayotgan bir paytda, ushbu jamoalarning etakchi futbolchilari terma jamoa ixtiyoriga jo'nab ketishdi. Bu qanchalik to'g'ri qaror bo'lishi mumkin? Terma jamoa manfaati uchun Superliga klublari jabr ko'rishi qanchalik to'g'ri? Srechko Katanec Superliga klublari qachon yig'in o'tkazishi va klublar yangi mavsumga tayyorgarlikni qachon boshlashini bilmaydimi yoki mahalliy klublarni kuzatmaydimi?


Masalan, o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan Anvarjon Hojimirzaev aslida "Dinamo" bilan yig'inlarda ishtirok etishi kerak edi. Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov har doim keyingi mavsumga poydevor, dekabr oyidan boshlanadi deb takrorlab keladi. Futbolchi o'z klubi bilan yig'in o'tkazishi kerak bo'lgan paytda, terma jamoa bilan yig'inda ishtirok etmoqda. Bu futbolchining yaqinlashib kelayotgan mavsumdagi sermahsulligiga tasir qilishi mumkin.


"Yaxshi jamoa dekabrdan boshlab keyingi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi. Vaqtni yo'qotmasligimiz kerak" - deya fikr bildirgan Vadim Abramov Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "So'g'diyona" (1:0) bahsidan so'ng.


Endi ikkinchi masalaga etibor qaratsak. JCH-2026 saralash uchinchi saralash bosqichi yakunlanishiga qadar bor-yo'g'i 4ta uchrashuv qoldi. So'ngi 2 yilda hech qanday eksperimentlarga qo'l urmagan va deyarli yangi futbolchilarni tarkibga qo'shmagan inson, nega endi Superliga futbolchilarni sinovdan o'tkazishni istab qoldi? Menimcha, endi juda kech. Bir-ikki yil avval yangi futbolchilarni tarkibga qo'shish yoki ularga imkoniyat berish mumkin edi, hozir esa buning iloji yo'q. Biz Katanecni har doim bir xil tarkibni o'ynatayotgani uchun ko'p marotaba tanqid qilganmiz, lekin hozirgi holatda Karlo Anchelottini yoki Pep Gvardiolani bosh murabbiy etib tayinlasak ham befoyda, tarkibni o'zgartirish katta xato bo'ladi. Yanvar oyida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish esa faqatgina Katanecning xohishi emas, balki boshqa bir shaxslarning yoki O'FAning istagi bilan amalga oshirilayotgandek. Sababi, Superligani muntazam kuzatib boradigan inson, yanvar oyida yig'in o'tkazish noto'g'ri ekanligini biladi.


Srechko Katanecning qarashlari va principlarini biz juda yaxshi bilamiz. Sloveniyalik mutaxassis yosh futbolchilarga ishonch bildirishdan tiyiladi va asosan sinovdan o'tgan va tajribali futbolchilarga ishonadi. Murabbiyimiz o'tgan yili mart oyida OFK rasmiy saytiga bergan intervyusida shunday degandi:

«Jahon chempionatining saralash uchrashuvlariga yosh, tajribasiz va yangi futbolchilarni jalb etib, ularni o'yin uslubiga moslashtirish uchun vaqt yo'q, chunki bu juda murakkab. Bunday muhim bahslar oldidan bizni kelajakda nimalar kutayotganini bilishimiz zarur"

Demak, 61 yoshlik Katanec 11 oy ichida futbolga bo'lgan qarashlarini va principlarini o'zgartirdimi? Katanec o'z qarashlarini bunday qisqa vaqt ichida o'zgartirishiga ishonmayman. Bu Katanec xulqiga xos emas.


Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика