"Eshitdik-da" tasdiqlandi. Katanec terma jamoa yig'inida qatnashmaydi
20 jan 10:37
Yangiliklar
"Eshitdik-da" tasdiqlandi. Katanec terma jamoa yig'inida qatnashmaydi
Biroz oldin saytimizda O'zbekiston terma jamoasining bugundan yig'inga kirishishi haqida malum qilgan edik.
Unda terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanec sog'lig'idagi muammolar sabab kela olmasligi aytilgandi. O'FA matbuot xizmati mazkur xabarni rasman tasdiqladi.
"O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Qatar poytaxti Doha shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi. Bosh murabbiy Srechko Katanec salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko'ra ushbu yig'inda qatnasha olmaydi. Yig'in davomida jamoamiz bilan yordamchi murabbiylar Alesh CHex hamda Vlado Radmanovich ish olib borishadi. Srechko Katanecga salomatlik tilaymiz",- deyiladi O'FA matbuot xizmati elon qilgan xabarda.
Fikrlar