Rustam Umarov: "Muxlislarimiz qarshisida biroz hayajon bo'ldi"
10 fev 2016 23:51
Yangiliklar
Rustam Umarov: "Muxlislarimiz qarshisida biroz hayajon bo'ldi"
O'zbekiston futzal terma jamoasi posboni Rustam Umarov Saudiya Arabistoniga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Dastlabki o'yinni ham o'tkazib oldik. Birinchi o'yin doimo qiyin bo'ladi. Uning ustiga o'z maydonimizda, o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynadik. Bunday muhitda albatta, hayajonlar bo'ladi. Ularga katta rahmat deb qolaman. O'yinning o'zi haqida gapiradigan bo'lsam, ozgina bo'sh harakat qildik. Himoyada ham bir necha xatolar bo'ldi. Gollar kiritganimizdan so'nggina o'ynash osonlashdi. Ikkinchi bo'limda esa barchasi joyiga tushdi. Qarshi hujumlardan ham unumli foydalanib, vaziyatlarni golga aylantirishga muvaffaq bo'ldik. Barchaga rahmat", - deydi Rustam Umarov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar