So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Rustam Umarov: "Bunday yirik turnirlarda yana qatnashishni istayman" Yangiliklar

Rustam Umarov: "Bunday yirik turnirlarda yana qatnashishni istayman"

Teglar :  Rustam UmarovFutzal
Portugaliyaga qarshi guruhdagi so'nggi o'yin yakunlanishiga to'rt daqiqa qolganida Xose Mariya Mendes Rustam Umarovni zaxiraga oldi va maydonga boshqa o'yinchini tushirdi.

Bu paytga kelib, O'zbekiston Portugaliyaga 1:4 hisobida mag'lub bo'layotgan va Xose Mariya Mendes maydonga ortiqcha o'yinchini tushiriga majbur bo'ldi. Rustam Umarova va O'zbekiston terma jamoasi uchun Jahon chempionati bahslari guruh bosqichida yakunlandi.

“Men darvozamdan to'rtta gol o'tkazib yuborganimdan qattiq g'azabda edim. Jamoamga yordam berma olmayotganimdan o'zimni qo'yarga joy topa olmayotgan edim”, - dedi Olmaliq klubi darvozaboni o'yindan so'ng FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida. G'azab ohangida aytilgan ushbu so'zlardan shuni anglash mumkin ediki, o'zbekistonlik darvozabon terma jamoasining 1:5 hisobidagi mag'lubiyatidan qattiq g'azabda edi. So'nggi o'yindagi yirik mag'lubiyatga qaramay, O'zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi o'yini ko'pchilikda katta taassurot qoldirdi. Ular Portugaliyaga qarshi o'yingacha ham keyingi bosqich yo'llanmasi uchun kurashayotgan va bu imkoniyatni saqlab turgani tahsinga sazovor.

Portugaliyaga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida Xose Mariya Mendes asosiy darvozabon Rustam Umarovni almashtirishga qaror qilishi tushunarli qaror edi. Rustam Umarov asabiy holatda bo'lsa ham, bu qarorni to'g'ri qabul qildi. Boisi, terma jamoa bosh murabbiyi ikkinchi darvozabon Akmal Hazratqulovga imkon berib, bir necha daqiqaga bo'lsa ham unga Jahon chempionati havosidan bahramand bo'lishga imkon bergan edi.

O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiya mezbonlik qilgan Jahon chempionatida o'z tarixida ilk bor bunday turnirda ishtirok etdi. Bu xuddi Umarov kabi uning boshqa jamoadoshlari uchun yoshlikdagi orzu edi. “Albatta, biz turnirda yaxshiroq etishni va yaxshiroq natija ko'rsatishni istagan edik. Ammo, biz guruhda o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik”, - deydi O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni.

Kutilgan tajriba

Mezbon Kolumbiyaga qarshi ajoyib o'yin namoyish etgan O'zbekiston terma jamoasi ko'pchilikning olqishiga sazovor bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Rustam Umarov mazkur o'yinda ham, guruhning qolgan o'yinlarida ham ajoyib o'yin namoyish etdi. Darvoqe, Rustam Umarovni juda tezkorligi va chaqqonligi uchun jamoadoshlari “o'rgimchak odam” deb chaqirishadi va bu bejizga emasligini darvozabon o'z o'yini bilan isbotladi. O'zbekiston guruhning barcha uchrashuvlarida ajoyib o'yin namoyish etdi. Kolumbiyaga qarshi o'yindagi 3:3 hisobi esa, uzoq vaqtgacha esda qolishiga shubha yo'q. “Bu terma jamoamiz uchun ajoyib o'yin bo'ldi. Aytishim mumkinki, men ham ushbu o'yindagi o'yinimdan qoniqdim”.

Moskvaning CSKA klubi sobiq darvozabonining so'zlari samimiy ekaniga shubha yo'q. Kolumbiyaga qarshi o'yinda Umarov fantastik o'yin namoyish eta oldi. Portugaliyaga qarshi so'nggi tur uchrashuvida ham, Rustam Umarov o'yinni ajoyib tarzda boshladi va portugaliyaliklarning juda ko'p havfli zarbalarini qaytardi. Ayniqsa, Fabio Sesilioning 10-daqiqadagi zarbasini akrobatik tarzda qaytarishga erishdi.

Darvozabonning ajoyib harakati va reakciyasi uning ajoyib akrobatik ko'rsatkichlarga ega ekanini ko'rsatib turibdi. Uning ajoyib reakciyasi, uning yoshlikda badiiy gimnastika to'garagida shug'ullangani bilan izohlash mumkin. To'pni qaytarishdagi tezkorlik, tajriba va ko'p harakatlar aynan yoshlikdagi mashqlar mahsulidir.

Rustam Umarov o'zi bilan yoshlikdagi suratlarini ko'rsatdi va unda hali juda yosh bolakayning futzalda mashqa qilayotganini ko'rish mumkin. “Balki bizda tayyorgarlik uchun vaqt kamlik qilgan bo'lishi mumkin. Ammo, kelajakka yaxshi umidlar bilan qadam qo'yishga barcha asoslarimiz bor. Biz Jahon chempionati kabi katta turnirda ishtirok etdik va bu katta baxt. Men hali terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash niyatim yo'q. Terma jamoa bilan ko'plab yutuqlarga erishishni va Jahon chempionati kabi yirik musobaqalarda yana terma jamoa safida maydonga tushishni istayman”, - deydi Rustam Umarov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика