So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Rustam Ashurmatov: "1-2 yildan so'ng optimal holatda bo'lishimiz kerak" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "1-2 yildan so'ng optimal holatda bo'lishimiz kerak"

O'zbekiston terma jamoasi va "Rubin" bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan himoyachi Rustam Ashurmatov Qozog'iston bilan bahsdan keyin (2:0) fikrlarini bildirdi.

- Uch himoyachi bilan o'ynash jamoaga muammo tug'dirmayaptimi? Bu taktik sxema maydondagi o'yinchilarning jismoniy holatiga qanday tasir qilmoqda?

- Birinchi navbatda, bu murrabiy qarori. Nechta himoyachi bo'lishidan qati nazar taktikani murrabiy tanlaydi, biz o'yinchilar esa taktikaga moslashishimiz kerak. SHuning uchun qiyin yoki oson deb ayta olmayman. Murrabiy ko'rsatmalariga quloq tutishga qo'ldan kelgancha harakat qilamiz.

- Qozog'iston terma jamoasi bilan o'yinda uch markaziy himoyachi bilan o'ynash qaroriga nima sabab bo'ldi? Qo'shnilarimizning yaxshi jismoniy holatda ekanligi bunga sabab bo'ldimi? 

- Qozog'iston bilan uchrashuvda uch himoyachi bilan o'yinni boshlash, aynan shu o'yin uchun ataylab tayyorlangan qaror deb o'ylamayman. Bu jamoamizning ananaviy taktik sxemasi. Kosta-Rika bilan bo'lgan uchrashuvda ham uch himoyachi bilan o'ynagan edik.

- Himoyamiz kuchli raqiblarga qarshi ham uch markaziy himoyachi bilan o'ynashi qanchalik to'g'ri deb o'ylaysiz? Masalan, Rossiya bilan?

- Jamoamiz murrabiyi Rossiya terma jamoasi taktik sxemasi va o'yin chizgisini o'rganib chiqmoqda. Buni bizga ham tushuntirishni boshladi. Hozircha taktik sxemamiz o'zini oqlayapti.

- Terma jamoada birga, lekin klublarda bir-biringizga raqibsizlar. Bu holat terma jamoa yig'inlari vaqtida jamoaga qanday tasir o'tkazadi? Himoyachilar o'rtasida munosabat qanday?

- Jamoada kayfiyat ajoyib. Biz terma jamoa nomini himoya qilamiz. Oldinda katta turnirlar kutib turibdi. 1-2 yildan so'ng optimal holatda bo'lishimiz kerak. Umid qilamanki, o'sha vaqtga kelib murrabiy jamoaga o'z g'oyalarini singdirib bo'ladi.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика