Rustam Abdullaev: “Qo'qonlik muxlislar oldida hijolat chekib qoldik”
03 iyu 2014 14:27
Yangiliklar
Rustam Abdullaev: “Qo'qonlik muxlislar oldida hijolat chekib qoldik”
Birinchi liganing “SHarq” mintaqasida oliy ligaga chiqish uchun asosiy davogarlardan biri “Qo'qon-1912” oxirgi turlarda muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, muxlislarini xavotirga solib qo'ydi.
Jamoa ayni paytda turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. “UzDongJu”ga 3:2 hisobida imkoniyat boy berilgach, jamoa ustozi Abdullaev bilan suhbatlashib mag'lubiyat sabablarini bilishga qiziqdik.
- Rustam aka, ochig'ini aytganda, “Qo'qon-1912”ni safardan quruq qo'l bilan qaytishini hech kim kutmagandi. “UzDongJu”ga imkoniyat boy berilgach, qo'qonlik ishqibozlarda oliy ligaga chiqish borasida xadik uyg'ondi. O'yin to'g'risida nima deysiz?
- Albatta biz Andijonga faqat g'alaba uchun borgandik. O'yinda 2:0 hisobida oldinga ham chiqib olgandik. Biroq keyinchalik ketma-ket uch bor o'z darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. O'sha vaziyatlarda o'zimiz oddiy xatolarga yo'l qo'ydik. To'g'risi, men yigitlardan bunaqa xatolarga yo'l qo'yishini kutmagandim. SHu kuni stadionga qo'qonlik yuzdan ortiq ashaddiy ishqibozlar borib, bizni tinmay qo'llab-quvvatlab turdi. Afsuski ulani g'alaba bilan xursand eta olmadik. Uchrashuvda shogirdlarim men kutgan o'yinni ko'rsatib bera olmadi. Qaniydi imkoni bo'lganida, o'zim maydonga tushib o'ynab yuborsam deb o'zimni tiyib turdim. CHunki muxlislar oldida hijolat chekib qoldik. Ularga rahmat aytaman. SHunchalik uzoq masofadan, sarf-harajat qilib bizni olqishlab turganlari uchun minnatdorchilik bildiraman.
- Aytingchi? jamoangiz nimani hisobiga mag'lubiyatga uchradi?
- Bilasizmi bu o'yindan oldin tarkib borasida bir qator muammolarga duch keldik. Asosiy o'yinchilarimiz turli xil sabablarga ko'ra shu kuni jamoaga yordam bera olmasdi. Imkoniyatdan kelib chiqib, zaxiradagi o'yinchilardan foydalandim. Afsuski ular ishonchimizni oqlay olishmadi. Bahonaga yo'ymang-u, tarkib borasida bir qator muammolarga duch kelyapman. Nailoj ikkinchi davraga qadar ixtiyorimizdagi yigitlar bilan ishlaymiz.
- Demak davralar oralig'ida selekciya ishlari jadal suratda olib borilar ekanda?
- Albatta, busiz bo'lmaydi. Rahbariyat tomonidan oldimizga elitaga chiqish vazifasi qo'yilgan ekan, tarkibni ham shunga monand kuchaytirishimiz kerak bo'ladi. Har bir chiziq uchun kamida ikkitadan teng kuchli futbolchi bo'lishi shart. Zaxira o'rindig'imiz uzun bo'lsa, keyinchalik o'zimiz qiynalmaymiz.
- Aynan qaysi chiziqlarni kuchaytirishga muhtojlik sezyapsiz?
- O'ng va chap, markaziy himoyaga o'yinchi olishimiz kerak. SHuningdek bitta yaxshi hujumchi ham zarur. Davralar oralig'ida raqobatni kuchaytirishimiz lozim.
- Bu borada ko'z ostingizga olib qo'ygan o'yinchilar bormi?
- Ha, 2-3 ta yigitlar bilan og'zaki ravishda kelishib qo'yganmiz. Faqat birinch davrani tugashini kutamiz. Yana shuni aytish mumkinki, yozda o'zingiz istagan o'yinchini tarkibga qo'shib olishingiz qiyin kechadi. CHunki ko'plab o'yinchilarni yil oxiriga qadar shartnomasi bo'ladi. Qishda esa bu borada tanlov keng ravishda bo'ladi.
- Qo'qonlik muxlislarga nima degan bo'lardingiz?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, muxlislarimiz oldida uyalib qoldik. Ular bizdan nima xohlayotganini yaxshi tushunib turibman. Rahbariyat oldimizga aniq maqsad qo'ygan. O'zim ham buni bajarishni juda-juda istayman va buning uchun bor kuchim bilan ishlayapman. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Oldinda ko'plab o'yinlar kutib turibdi. Nasib qilsa oliy ligaga yo'llanmasini qo'lga kiritamiz. Ishqibozlarimidan keyingi o'yinlarimizda ham stadionga kirib bizni qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rardim.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar