So’nggi yangiliklar

14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  0 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  1 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   2 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  9 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  22 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24

Ruslan Ahmedov: O'yin va xavfli vaziyatlar borasida mezbonlar ustunlik qilishdi, ammo... Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: O'yin va xavfli vaziyatlar borasida mezbonlar ustunlik qilishdi, ammo...

Pro liganing qoldirilgan 13-turidan o'rin olgan “Navbahor-farm” – “Xorazm” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Odatdagidek, mehmonlar ustozi o'z so'zini o'yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Uchrashuv kutilganidek, og'ir o'tdi. Boisi, Pro liga jamoalari osonlikcha taslim bo'lishmaydi. “Navbahor-farm” yosh jamoa va o'yinidan kelib chiqib, fikr bildiradigan bilsak, turnir jadvalidagi o'rni yuqoriroqda bo'lishi kerak. Biz odatda safar uchrashuvlarida himoyaviy taktikani tanlaymiz va mazkur o'yinda ham shunga asoslangan holda, o'yin namoyish etib, qarshi hujumlardan foydalangan holda, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldik.

Ushbu g'alaba bilan “Xorazm” klubi vakillarini tabriklayman. 

O'yin va xavfli vaziyatlar borasida mezbonlar ustunlik qilishdi, ammo biz o'z imkoniyatimizdan samarali tarzda foydalangan holda, zafar quchishga muvaffaq bo'ldik.

Navbahor-farm”ga keyingi bellashuvlarda omad yor bo'lishini tilayman. 

- Pro liganing joriy mavsumi borasida nima deya olasiz? Boisi, mazkur ligada ko'plab kuchli jamoalar joy olgan hamda Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda...

- To'g'ri, Pro liganing joriy mavsum bahslari ancha qiziqarli tarzda kechmoqda. Boisi, yaxshi infratuzilma va tarkibga ega, moliyaviy jihatdan baquvvat jamoalar ko'p. Bunday jamoalarga qarshi kechadigan o'yinlar esa yigitlarga kuchli motivaciya beradi hamda mazkur raqiblarga qarshi munosib qarshilik ko'rsatishga intilamiz.

Takidlash joizki, yurtimizda futbol ancha rivojlanmoqda. SHuning uchun Superliga va Pro ligada raqobat kuchli. Pro liga bahslari ham keskinlik borasida Superliganikidan qolishmayapti.

- Joriy  mavsumda “Xorazm”ning oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Jamoamizga 2-davradan boshlab, homiy ajratildi hamda moliyaviy muammolar sekin - asta bartaraf etilmoqda. Balki, ushbu homiy kelasi mavsumda qandaydir aniq vazifa qo'yar?

Bu yilgi maqsadimiz esa Pro ligada munosib tarzda qatnashib, chiroyli futbol namoyish etish

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика