Ruslan Ahmedov: "Viloyat hokimi 2024 yilda "Xorazm" klubiga baza qurib berishga vada bergan"

Narzulla Saydullayev
4 may 2024
Kecha Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Xorazm" (4:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

"Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin boshida o'tkazilgan ikkita tezkor goldan keyin yigitlar o'zlariga kela olishmadi. Ikkinchi taymda standart vaziyatda futbolchilar koncentraciyani yo'qotib qo'yishdi," - deb gap boshladi Ahmedov. 

- Bugungi mag'lubiyatda kimni ayblaysiz futbolchilarmi yoki o'zingiznimi?
- G'alaba jamoaniki, mag'lubiyat murabbiyniki. Bugungi mag'lubiyatni tahlil qilamiz.

- "Xorazm" jamoasi faqat natija uchun kurashmoqdami yoki chiroyli o'yin ko'rsatishga ham intiladimi?
- Ko'proq natija uchun. "Mashal"ga o'xshab tezkor to'p bilan muomala qilish uchun shunday yaxshi maydonlarda mashg'ulot o'tkazish kerak. Bizda bunday moddiy-texnik baza yo'q. Bu bahona emas. Shunday a'lo darajadagi maydonda mashg'ulot qilsak chiroyli futbol haqida gapirishimiz mumkin.

- Shart-sharoitlar yaratish bo'yicha rahbariyatga yo'llagan so'rovizga qanday javob berilgan?
- "Xorazm" oldiga yuqori o'rinlar olish vazifasi qo'yilgan. Har bir o'yinda g'alaba uchun tushamiz. Hokim bu yil "Xorazm" klubiga baza qurib beramiz deb vada bergan.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia