Pro ligada mavsumdagi ilk iste'fo sodir bo'ldi

Khoja
12 may 2024, 09:18
Xorazm bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov iste'foga chiqariladi.

Bu haqida saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'zining Telegram kanalida ma'lum qildi.

Bunga klubning oxirgi o'yinlardagi qoniqarsiz natijalari sabab bo'ldi.

Xorazm 3 may kuni safarda Mashalga 0:4 hisobida, 10 may kuni o'z maydonida Aralga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ahmedov 2022 yil fevral oyidan buyon ushbu klubda bosh murabbiy sifatida ishlab kelayotgan edi, - deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia