So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  41 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

Ruslan Ahmedov: "Ikkinchi bo'limda himoyaviy uslubga o'tdik" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Ikkinchi bo'limda himoyaviy uslubga o'tdik"

Pro-liganing 17-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Yangier" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Avvalo, muxlislarni bugungi o'yindagi g'alaba bilan tabriklayman. Ular anchadan buyon bu erda katta futbol bo'lmagani bois o'yinlarni sog'inib qolishgan ekan. SHuningdek, klub rahbariyatini, shahar va viloyat hokimliklarini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida aytadigan bo'lmam, ruhiyat bilan bog'liq vaziyat, ko'rdingizlar, ikki bo'lim bir-biridan farq qildi. Birinchi bo'limda 3:0 hisobida oldinda edik, ikkinchi bo'limda deyarli to'liq himoyaviy uslubda o'ynadik. Tanaffusda yigitlarga bo'shashmaslik haqida aytgandim, baribir o'yin davomida yigitlar xotirjamlikka berilishdi.

- Birinchi bo'limdan farqli ravishda jamoa ikkinchi bo'limda himoyaviy uslubga o'tdi. Buni vaziyat taqozo etdimi?

- Ha albatta, biz o'yinning borishidan kelib chiqib himoyaviy uslubga o'tdik. Ikkinchi bo'limda ham ustunligimizni kutgandik, ammo vaziyat o'zgarib ketdi. Uchrashuvning 60-daqiqalaridan so'ng vaziyatdan kelib chiqib himoyaviy uslubga o'tdik.

- Transferlar oynasi ochilgan vaqtda jamoaga 2 ta yangi futbolchi olib kelindi. Ularnino o'yinlari haqida nimalarni ayta olasiz?

- Ha, to'g'ri, biz transferlar oynasi vaqtida 2 ta futbolchini safimizga qo'shib oldik. Ularning biri bugun asosiy tarkibda maydonga tushdi, bu futbolchini "Olimpik" jamoasidan taklif etganmiz. Ikkinchisida jarohat bor edi, keyinga o'yinlarda albatta unga ham imkon beramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика