So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  0 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Ruslan Ahmedov: "Birinchi bo'limda gol o'tkazmasak yutqazmasligimizni aytgandim" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Birinchi bo'limda gol o'tkazmasak yutqazmasligimizni aytgandim"

“Xorazm” – “Andijon” (0:1) o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov ishtirok etdi.

O'yin haqida

-  Birinchi navbatda “Andijon” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Durang natija bo'lganida adolatli bo'lardi. Bunday tajribali jamoaga nisbatan xavfli vaziyatlarni ko'p yarata olmasligimizni bilgandik. Birinchi bo'limda ko'proq himoyalandik. Ikkinchi bo'limda esa hujumga etiborni oshirdik. Taktik jihatdan raqibga qarshi tayyorgarlik ko'rgandik. Yigitlarimiz imkon darajasida o'ynashdi. Lekin tajribamiz etmadi. Birinchi bo'lim oxirlarida biroz muvozanatni yo'qotib qo'ydik. Boz ustiga “Andijon” standartda yaxshi qurollangan. Ularning eng xavfli quroli mana shunda – autlar, burchak va jarima zarbarlaridagi standartlardir. Uchrashuv mobaynida baribir bizga muvozanat etishmadi. Baribir o'yin uchun futbolchilarga rahmat aytdim. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz.

-  “Xorazm” jamoasi ikkinchi davrada ijobiy tomonga o'zgarishni boshladi. O'zingiz xohlagan o'yinni yo'lga qo'ya oldingizmi?

-  Ha, asta-sekin bo'lyapti. Tarkibni yoshartirganmiz. Mavsum boshiga nisbatan endi kamroq xatolar qilyapmiz. Asta-sekin o'yinchilarimizning tajribalari ortyapti. Futbolda murabbiyga natija qilish uchun uch yil vaqt berish kerak. Dastur bo'yicha ishlashda davom etyapmiz. Rejalarimizni 60-70 foizga amalga oshirishga harakat qilyapmiz.

-  “Xorazm” birinchi davrada “Andijon”ni qabul qilib 3:0 hisobida g'alaba qozongandi. Bu safar yutqazdinglar. O'sha uchrashuv bilan taqqoslagan raqib jamoa o'yinida qanday o'zgarishlarni ko'rdingiz?

-  Biz ko'proq himoyada o'ynadik. Ikkinchi taymda qarshi hujumlar bo'ldi. Umuman olganda, “Andijon”ning o'yini o'zgarmadi. Bu o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. Futbolchilarga agar birinchi taymda gol o'tkazib yubormasak yutqazmaymiz deb aytgandim. Balki yaratilgan vaziyatlardan foydalanganimizda boshqacha bo'lardi. Afsus, birinchi bo'lim oxirlarida gol o'tkazdik va natija shunday bo'lib qoldi. Ozroq hayajon ham bo'ldi. Yangi stadiondagi birinchi o'yin edi. Afsuski, muxlislarimizni bayram bilan quvontira olmadik. Mayli, kelasi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. O'yinlar davom etadi. “Xorazm” muxlislarini xursand qilamiz. 

-  Maydon holati haqida fikringiz?

-  Maydon chimi alo darajada, 4 baho. Lekin o'zimiz ham bu maydonda kam mashg'ulot qildik. Ikkinchi taymda qanotlar orqali harakat qildik. Bu maydonda endi o'ynayapmiz va hali maydonni sezish u qadar yaxshi emas.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика