So’nggi yangiliklar

19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  2 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  9 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  18 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  36 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1

Ruslan Ahmedov: "Balki, 3-o'rinni qo'lga kiritgan holda Superligaga o'tish o'yinida qatnasharmiz" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Balki, 3-o'rinni qo'lga kiritgan holda Superligaga o'tish o'yinida qatnasharmiz"

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "Turon" - "Xorazm" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Jamoamizning barcha azolarini va muxlislarni, shuningdek klub rahbariyatini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. "Turon" yuqori saviyadagi jamoa. Bugun himoyaviy uslub tanlaganimiz o'z natijasini berdi. Yigitlarga rahmat. "Turon" Superligaga davogar asosiy jamoalardan biri, bugun ular o'zlari yaratgan vaziyatlardan foydalana olishmadi. Yaxshi jamoa, kelasi o'yinlarda omad tilayman. Fikrimcha, "Andijon" va "Turon" Superligaga birinchi davogarlardan hisoblanadi.

- Ayrim tajribali futbolchilarning zaxirada qolishi bu ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirish uchun tanlangan reja edimi?

- Yo'q, bu yil boshidan biz tanlagan strategiya. Biz klub rahbariyati bilan bu borada gaplashganmiz va jamoani asta-sekinlik bilan yoshartirmoqchimiz. Kerakli vaqtda tajribali futbolchilarning imkoniyatidan ham foydalanamiz.

- Legioner futbolchi Roki Marchianoning shartnomasi qanday tuzilgan?

- Uning shartnomasi 2 yilga tuzilgan. Albatta, kelasi mavsumda ham jamoamizga yordam beradi deb o'ylaymiz, umid qilamiz.

- "Xorazm" kuchli beshlikka kirdi. Jamoa oldida Superliga vazifasi bormi?

- Mavsum davomida ko'p ochko yo'qotilgan, imkoniyat darajamiz past. Ammo biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Balki, 3-o'rinni qo'lga kiritib Superligaga o'tish o'yinida qatnasharmiz, shunga harakat qilamiz.

- "Xorazm"ning ko'p yillik posboni G'ayrat O'daev va tajribali himoyachi Jasur Atadjanovlar nega so'ngi o'yinlarda zaxirada qolib ketayapti? Ularning o'rnida o'ynayotgan futbolchilarni kuchli deb hisoblaymizmi?

- Biz jamoani yoshartirish bo'yicha ishlayapmiz. Ularning tajribalari bizga asqotadi. Rotaciya bo'yicha G'ayrat O'daev, Jasur Atadjanovlar bizga yordam berishadi. Balki kelajakda ularni klub murabbiylar shtabiga taklif etarmiz.

- "Turon" maydoni haqida fikringiz qanday? Sizningcha, jamoangiz g'alabasiga maydon sifati ham yordam berdimi?

- "Turon" stadioni O'zbekistonda eng yaxshi maydonlaridan biri hisoblanadi. Albatta, g'alabamiz uchun maydon sifati yordam berdi deb o'ylayman. To'p nazorati bu kabi maydonlarda yaxshi amalga oshadi. 

- Superliga yo'lida qaysi jamoalarning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?

- "Andijon" va "Turon"ning imkoniyatlari yuqori. Bundan tashqari "Buxoro"da ham juda yaxshi jamoa shakllangan. Ikkinchi davrada "Buxoro"ni o'yinida o'sish kuzatildi.

- "Xorazm" qachondan uy o'yinlarini tabiiy maydonda o'tkazishi mumkin?

- Bu borada rahbariyat bilan gaplashganmiz. Maydon tayyor bo'lgani bilan stadion yoritish tizimini sozlash kerak. Bundan tashqari, stadion xavfsizlik tizimida ham bajarilishi kerak bo'lgan ishlar bor. Balki ikkinchi bosqich o'yinlarini tabiy maydonda o'tkazarmiz.

- Qura natijasiga ko'ra, ikkinchi bosqichda ilk raqib qaysi jamoa bo'lishini istardingiz?

- Quradan ko'rinadi, biz hozir minimum vazifani bajardik. Bizga kim raqib bo'lishini ahamiyati yo'q.

- Sizda qanday murabbiylik licenziyasi mavjud?

- Menda "A" licenziyasi mavjud. Hozir PRO licenziyasi uchun o'qish harakatidaman.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика