So’nggi yangiliklar

09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  4 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  6 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  42 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   5 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0

Rus futboli yulduzi, “Enfild”ni zabt etgan, shashkachidan futbolchiga aylangan Andrey Arshavin 39 yoshga to'ldi Yangiliklar

Rus futboli yulduzi, “Enfild”ni zabt etgan, shashkachidan futbolchiga aylangan Andrey Arshavin 39 yoshga to'ldi

Kimdir uni Rossiya tarixidagi “eng yaxshi futbolchi” deb aytadi, yana kimdir esa “Enfild”dagi rossiyalik qahramon deya tariflaydi.

Ha, sezgan bo'lsangiz bugun o'sha siz bilgan, tanigan Andrey Arshavin haqida gaplashamiz va fikrlashamiz.



Ilk qadamlar va sovrinlar 

Qahramonimiz 1981 yil Sankt-Peterburg shahrida tug'ilgan. Uning otasi Sergey Arshavin shahardagi futbol maktablaridan birini tugatgan, ammo professional futbolchi darajasigacha chiqmagan. SHu boisdan u o'g'li orqali orzusi amalga oshishini istaydi va Andreyni o'z hududida joylashgan mahalliy jamoalarning biriga ko'rikka olib boradi. U futbol mashg'ulotlariga qatnashishdan oldin shashka bilan shug'ullangan. Hattoki, shashkachilar o'rtasida o'tkazilgan ichki chempionatda g'olib chiqqan. Uning onasi Tatyana Ivanovna eslashicha, Arshavinning birinchi murabbiyi unda futbolchiga xos fazilatlarni sezmaydi va ortiga qaytaradi. 1999 yilda futbolchi “Zenit” klubining yoshlar jamoasiga qabul qilinadi va ikki yildan so'ng 2001 yilda boshlang'ich tarkibga o'tkaziladi. Murabbiy Yuriy Marozov yoshlarga imkoniyat berishdan qo'rqmasdi. Bir vaqtning o'zida Kerjakov, Malafeev, Arshavinlar keyinchalik jamoaning yuziga aylanishdi. Ayniqsa, Kerjakov va Arshavin bir necha yillar davomida hujumda ajoyib tandem hosil qilgan holda ko'plab gollarni urishdi. Biroq, Marozovdan so'ng murabbiyi etib tayinlangan Vestimil Peterjela  jamoani muvaffaqiyatlar sari etaklay olmadi. Uning davrida “Zenit” o'rtamiyonalar qatoriga tushib qoldi. Lekin, “Gazprom” klub homiyiga aylangach barcha narsa o'zgardi. Niderlandiyalik mutaxassis Dik Advokat boshqaruvni qo'liga olgach natijalar ham ijobiy tomonga o'zgara boshladi. Bu esa tez fursatda samarasini berdi. 2007 yilgi mavsumda o'zining birinchi chempionligini, bir yil o'tib Evropa Ligasi va UEFA Superkubogida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. O'sha mavsum xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda Arshavin 10dan oshiq gollar urdi. UEFA kubogida esa to'rtta gol va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining eng muhim goli 1/8 finalga to'g'ri keladi. O'shanda safarda “Zenit” “Marsel”ga 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgandi. Arshavinning “Velodrom”da kiritgan to'pi javob uchrashuvidan oldin biroz umid beradi. Peterburgda o'tkazilgan hal qiluvchi bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonib navbatdagi bosqichga yo'l oladi. 



Angliya tomon yo'l

Rossiya terma jamoasining Evro-2008dagi muvaffaqiyatidan so'ng Arshavin va boshqa futbolchilarga Angliya o'z eshiklarini ochadi. Natijada futbolchi Arsen Venger boshqaruvidagi “Arsenal”ga o'tishga qaror qiladi. Angliyada hamma ham o'ynab keta olmaydi. Birinchidan bosim yuqori darajada, ikkinchidan tajovvuzkor futbol. Ammo, uning o'yin uslubi top chempionatlarga bemalol tortardi. SHuning uchun u moslashishda ortiqcha qiyinchiliklar sezmadi. Arshavinning sheriklari Van Persi, Samir Nasri, Aaron Remsilar unga ko'nikishda yaqindan yordam berishdi. Mavsum o'rtalarida jamoaga kelganiga qaramasdan 15ta o'yinda oltita to'p kiritdi va jamoadoshlarining ettita goliga assistentlik qildi. Eng esda qolarli bahs uning uchun “Enfild”da “Liverpul”ga qarshi kechgan o'yin bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. O'shanda uni unutib qo'yganlarga kim ekanligini ko'rsatib qo'ygandi. “Enfild”da poker qayd etish va furor ko'tarish bunga qadar 1946 yilda “Vulverxempton” futbolchisi Dennis Ueskotga nasib qilgandi. Tarixni yangilashni esa Arshavin qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi. Keyingi ikki mavsumda u umumiy hisobda 25ga yaqin gollar urdi va 30ga yaqin gollarga pas oshirdi. Nima uchundir u ohirgi mavsumlarda futbolga bo'lgan qiziqishini butkul yo'qotdi, o'yinida pasayish yuz berdi. Muammo futbolchining ruhiyati va oilasi bilan bog'liq edi. Klub uni malum vaqtga “Zenit”ga ijaraga berib ko'rdi. Baribir foydasi bo'lmadi. Arshavinga qadar Angliya Premer Ligasida hozirda “Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis o'zini ko'rsata olgandi. Kanchelskisdan so'ng yana bir rus futbolchisi muxlislar va mutaxassislar etirofini qozondi. 



Ortga qaytish

Orada malum muddat “Zenit”ga chempionlik uchun yordam berdi. Lekin, murabbiy Villash-Boash Arshavinga ko'p ham ishonch bildirmadi. Klub bilan shartnomasi yakuniga etgach Rossiyaning boshqa bir jamoasi “Kuban”ga erkin agent sifatida o'tdi. Yoshi o'tib borayotgan futbolchidan ko'p narsa kutish adolatdan emasdi. Bor yo'g'i to'qqizta uchrashuvda qatnashgach Qozog'istonning “Qayrat” klubidan taklif tushadi. Faoliyatini tugatish arafasida turgan Arshavin bosh murabbiy Aleksandr Boradyuk tufayli o'tishga rozi bo'ladi. U bilan avval ham Rossiya terma jamoasida birga ishlagani bois yordam berishga qaror qildi. Ortga qaytish qay darajada foydali bo'ldi yoki yo'q buni natijalar ko'rsatib turibdi. Qozog'istonda u o'zini yaxshi his qildi va jamoa bilan kumush medallariga ega chiqdi. OAV talqiniga ko'ra chempionatning “eng yaxshi futbolchisi” deya tan olindi. 



Terma jamoa

Arshavinning Rossiya terma jamoasi haqida gap ketganda barcha Evro-2008ni yodga olishi tabiiy. O'shanda u turnirdan chetda qolishiga bir bahiya qolgandi. Saralashda Andorraga qarshi bahsda qizil kartochka olgan va ikkita uchrashuvga diskalifikaciya qilingandi. SHunga qaramay Gus Xidding uni yakuniy tarkibga kiritdi. Yakunda bu qaror to'g'ri ekanligiga ishondi. Guruhdagi so'ngi hal qiluvchi uchinchi turda SHveciya bilan o'yinda ikkinchi golni urib terma jamoaning g'alabasini taminladi. Turnirdagi chorak final uning hayotidagi eng yaxshi o'yinlaridan biri sifatida tilga olinadi. Niderlandiya bilan yarim final chiptasi uchun kechgan bellashuvda Rossiya qo'shimcha overtaymlarda g'alabani nishonladi. Uchinchi gol esa Arshavinning hisobiga yozildi. O'shanda ko'pchilik bunga sensaciya sifatida qaragandi. Qita chempionatidagi ajoyib o'yinlari sabab “Oltin to'p” mukofotiga loyiq sifatida ko'riladi va nomzodlar orasida oltinchi o'rinni egallaydi. 

Arshavindan so'ng ko'plab futbolchilar Evropada imkoniyatlarini sinab ko'rishdi. Pavlyuchenko “Totenxem”da, Jirkov “CHelsi”da, Golovin “Monako”da, CHerishev “Vilyareal”da ko'plab o'yinlarda maydonga tushishdi. Biroq, Angliyada to'p tepgan eng yaxshi rossiyalik futbolchi sifatida ko'pchilik Arshavinni eslaydi.  






Bugun, 29 may kuni Andrey Arshavin 39 yoshga to'ldi. 


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика