Runi "Everton"ni boshqarishdan bosh tortdi
28 jan 2022 19:37
Yangiliklar
Runi "Everton"ni boshqarishdan bosh tortdi
"Everton" rahbariyati Rafael Benitesni istefoga chiqargach, yangi murabbiy qidirmoqda.
Nomzodlardan biri "Derbi"da ishlaydigan Ueyn Runi hisoblanadi. Biroq yosh murabbiy "iris"larni boshqarishdan bosh tortdi.
"Everton" rahbariyati agentimga murojaat qildi va intervyu berishni so'radi. Men esa rad etdim. Qachondir Premer-ligada murabbiy bo'lishimga ishonaman va bunga 100% tayyorman. Ammo hozirda "Derbi" bilan amalga oshiradigan ishlarim bor, buni men muhim deb bilaman", - deydi Runi.
"Derbi Kaunti" ayni damda CHempionshipda kurash olib bormoqda. Klub moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar