Rummenigge: "Bavariya" Evro-2016dan so'ng Sansheshni xarid qila olmas edi"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2016, 13:14
"Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xayn Rummenigge Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Renatu Sanshesh haqida fikr bildirdi.

"Renatu Yevropa chempionatida meni hayron qoldirdimi? Ha va yo'q. Evroda 18 yoshli futbolchining ishtirok etish juda g'alati. Uning yoshida men bu darajada bo'lmaganman. Sanshesh juda iqtidorli yigit.

Biz uni "Benfika"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak finalidan so'ng xarid qilganimizdan xursandmiz. U uchun 35 mln. evro to'ladik - bu katta mablag'. Yevropa chempionatidan so'ng "Bavariya" Sansheshni xarid qila olmas edi, chunki uning narxi hayratlanarli darajada ko'tarilib ketardi" - deydi Rummenigge.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal