

"Renatu Yevropa chempionatida meni hayron qoldirdimi? Ha va yo'q. Evroda 18 yoshli futbolchining ishtirok etish juda g'alati. Uning yoshida men bu darajada bo'lmaganman. Sanshesh juda iqtidorli yigit.
Biz uni "Benfika"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak finalidan so'ng xarid qilganimizdan xursandmiz. U uchun 35 mln. evro to'ladik - bu katta mablag'. Yevropa chempionatidan so'ng "Bavariya" Sansheshni xarid qila olmas edi, chunki uning narxi hayratlanarli darajada ko'tarilib ketardi" - deydi Rummenigge.



