Rummenigge: "2008 yili Klopp bilan shartnoma imzolashimiz mumkin edi"
22 fev 2021 10:50
Yangiliklar


Rummenigge: "2008 yili Klopp bilan shartnoma imzolashimiz mumkin edi"
"Bavariya" boshqaruvi raisi Karl-Xaync Rummeniggening aytishiga ko'ra, 2008 yili jamoa boshqaruvi Yurgen Kloppga topshirilishi mumkin bo'lgandi.
"Yurgen Klinsmanning olib kelinishida kichik javobgarlik mening bo'ynimda bo'lgandi. Afsuski, bu ishimiz o'xshamadi. Qaror uning uchun ham, biz uchun ham, klub uchun ham xato bo'lib chiqdi.
Uli Xeness o'shanda klubni boshqaradi. U Klopp bilan muzokaralar olib bordi. Biz tezkor qaror chiqarishimiz kerak bo'lib turganida Klinsmanni tanladik", - dedi Rummenigge.
Matluba Mustaeva tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar