Ruganining agenti himoyachining qay tariqa koronavirusga chalingani haqida gapirdi
25 mar 2020 13:44
Yangiliklar


Ruganining agenti himoyachining qay tariqa koronavirusga chalingani haqida gapirdi
Daniele Ruganining agenti Davide Torchia mijozining holati haqida gapirdi.
Futbolchi mashg'ulotlarga qaytgan. Rugani A Seriyada koronavirusga chalingan ilk o'yinchi bo'ldi.
"Tafsilotlarga berilishni xohlamayman. U bilan hozir hammasi yaxshi. Unda dastlab hamma belgilar bo'lmagan, faqatgina isitmasi bo'lgan. Hozir uyda mashg'ulot olib bormoqda. U juda masuliyatli inson bo'lib kelgan", - deydi Torchia.
Ruganidan so'ng "Yuventus"da Blez Matyuidi va Paulo Dibalalar ham koronavirusga chalingani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar