RPLning joriy mavsumida navbatdagi istefo
01 okt 2019 00:25
Yangiliklar


RPLning joriy mavsumida navbatdagi istefo
Ahmat klub ustozi Rashid Rahimov RPLning 11-tur Sochiga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan (2:0) keyin istefoga chiqarildi.
Bu haqda jamoa rahbari Magomed Daudov malum qilgan. 54 yoshli Rahimov Grozniy shahri klubi boshqaruviga 2018 yilning sentyabr oyida kelgan. Rahbariyat joriy mavsum mutaxassisga Evropa Ligasi o'rinlari uchun kurashish vazifasini qo'ygandi. Biroq, «Ahmat» ayni payt musobaqa jadvalida 9 ochko bilan autsayderlar qatorida turibdi.
Eslatib o'tamiz, kecha «Spartak Moskva» klubi ustozi Oleg Kononov ham qoniqarsiz natijalari bois vazifasidan ozod etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar