RPL. "Torpedo" Andrey Fyodorov qo'l ostidagi "Loko"ga imkoniyatni boy berdi, Erkinov 58 daqiqa o'ynadi
15 okt 2022 17:52
Yangiliklar
RPL. "Torpedo" Andrey Fyodorov qo'l ostidagi "Loko"ga imkoniyatni boy berdi, Erkinov 58 daqiqa o'ynadi
Unda O'zbekiston terma jamoasi xavbeki Hojimat Erkinov harakat qiladigan "Torpedo" o'z uyida Andrey Fyodorov boshqaruvidagi "Lokomotiv" bilan bahs yuritdi.
O'yindagi yagona gol 48-daqiqada Artyom Karpukas tomonidan urildi. U himoyaning parchalanib ketishi natijasida osonlik to'p kiritdi.
Hamyurtimiz Hojimat Erkinov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 58-daqiqada o'z o'rnini Mario CHurichga bo'shatib berdi.
Torpedo – Lokomotiv 0:1
«Lujniki»
Gol: 0:1 – 48 Karpukas.
Torpedo – Baburin, Smolnikov, Samsonov, SHapich, Kojemyakin, Roganovich (Sultonov, 76), Enin, Savich (Kaymakov, 76), Erkinov (CHurich, 58), Karaev (Kosta, 58), Turishhev (Lebedenko, 46).
Lokomotiv – Gilerme, Nenaxov, Barinov, Kuzmichev, Tiknizyan, Kulikov, Magkeev, Karpukas (Pedrino, 71), Kamano (Kerk, 88), Ignatev (Miranchuk, 70), Izidor.
Ogohlantirishlar: Nenaxov (31), Samsonov (42), Magkeev (46), Roganovich (65), Miranchuk (85).
"Torpedo" 13 turdan so'ng 6 ochko bilan so'nggi pog'onada bormoqda, "Lokomotiv" esa bugungi bahsdan keyin 12 ochko bilan 12-o'ringa joylashdi.
Fikrlar