So’nggi yangiliklar

21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  1 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  11 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  9 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  2 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  11

Ro'ziqul Berdiev: "CHempionga munosib qarshilik ko'rsatdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "CHempionga munosib qarshilik ko'rsatdik"

O'zbekiston Kubogi yarim finali doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Paxtakor" oxirgi o'yinlarda bunchalik kuchli qarshilikka duch kelmagandi deb o'ylayman. CHempion jamoa maydonida munosib o'ynadik. Ammo 30-40-daqiqalarda xatolarga yo'q qo'ydik. Etiborsizlik natijasida ikkita gol o'tkazdik. Bugungi g'alaba bilan "Paxtakor"ni tabriklayman, biz esa bor etiborimizni Superliga bahslariga qaratamiz", - deydi Ro'ziqul Berdiev.



- "Nasaf" keyingi mavsumda ham OCHLda o'ynay olmasligi deyarli oydinlashdi. Bu klub uchun muvaffaqiyatsizlikmi?

- OCHLga chiqa olmaganimizni muvaffaqiyatsizlik demagan bo'lardim. Ammo yil boshida ko'pchilik "Nasaf" chempionatda jon saqlash uchun kurashadi deb o'ylagandi, to'g'rimi? Biz yanada yuqoriroq o'rinlarni egallashga harakat qilgandik. Bizda Masharipov yoki CHerandek futbolchilar yo'q. Yil boshida mana shu tarkibni shakllantirish vazifa qilib qo'yilgan edi.

- "Nasaf" bugun chempion bilan safarda tengma-teng o'ynadi, ammo Superligada Qarshida so'nggi o'rindagi "Buxoro"ga imkoniyat boy berildi. Buni qanday izohlaysiz?

- "Buxoro"ga qarshi o'yinda yutqazib qo'yganimizda natija uchun aybdormiz deb aytgandim. "Qizilqum" va "Buxoro" bilan o'yinlarda raqiblar himoyaviy taktikada o'ynashdi, katta kuch bilan himoyada o'ynagan jamoalarga qarshi o'yinda g'alaba qozona olmadik. Futbolchilarim raqib himoyasini yorib o'ta olmay shoshilishdi va natijada imkoniyat boy berildi. Bugun ham agar biroz sovuqqonroq harakat qilganimizda balki o'yin qo'shimcha taymlarga o'tishi mumkin edi. Bugungi o'yindan oldin qanchalik qiyin bo'lsa ham ko'pchilik "Paxtakor"ni yutishimiz kerakligini aytgandi. SHunday paytda o'zimni "Real" murabbiyidek his qilaman. Sababi har qanday holatda ham muxlislar bizdan g'alaba kutishadi.



- O'yindan so'ng MOQ rahbari bilan gaplashdingiz. Suhbat nima haqda bo'lganini ayta olasizmi?

- Rustam aka SHoabdurahmonov bilan bundan oldin ham ko'rishgandik. Bugun ham ko'rishdik. Bilasiz "Nasaf" olimpiya terma jamoasi bazaviy klublarida biri hisoblanadi. SHu bois MOQ rahbari futbolchilarning turmush tarzidan xabardor bo'lib turibdilar. U kishining g'amxo'rligidan mamnunmiz albatta.


Narzulla yozib oldi

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика