So’nggi yangiliklar

14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  0 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  1 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  1 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  9 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  3 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  16 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0

Ro'ziqul Berdiev: "SHerzod Nasrullaevsiz jamoamiz "ehtiyot qismi" yo'qolib qolgandek tuyulyapti" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "SHerzod Nasrullaevsiz jamoamiz "ehtiyot qismi" yo'qolib qolgandek tuyulyapti"

Superliga 7-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Paxtakor" (0:0) o'yinidan so'ng mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- G'alaba qozonish uchun maydonga tushgandik. Yigitlarimiz oxirigacha kurashishdi, ammo doimgidek yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda oqsayapmiz. Raqib jamoa bugun yaxshi himoyalandi. "Paxtakor" qanotlarni ishga solishini kutgandik, lekin bu ko'rinmadi. Jamoa tartibli o'ynab, natijaga erishishni istadi, chog'i. 

Sayfiev va Alijonov qanotlarda faol o'yin ko'rsatardi, ammo ular himoyaviy tarzda harakat qilishdi. Aytmoqchi bo'lganim, "Paxtakor" durang uchun harakat qilgandek tuyuldi.

Ozgina bo'lsa ham vaziyatlar yarata oldik. Balki g'alabaga munosib o'yin ko'rsatmagandirmiz. Ikkinchi taymda bosim qilishga urindik. Oxirgi zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

- SHerzod Nasrullaev qachon maydonga qaytishi mumkin?

- SHerzod kecha Toshkentdan oxirgi muolajani olib qaytdi. SHifokorlar 10 kuncha tanaffus qilib turishini takidlashibdi. 

Uning yo'qligi bilinyapti, albatta. Jamoamiz "ehtiyot qismi" yo'qolib qolgandek tuyulyapti. 

- Ijaraga berilgan Jo'rabek Mannonov va SHohmalik Komilov etishmayotgandek...

- Yo'q, Mannonovning o'rnida Saitov harakat qilyapti. Hozir agar Mannonov jamoada qolganida o'yin amaliyotisiz qolardi. SHuni o'ylagan holda ijaraga berganmiz. Ular qanchalik ko'p o'ynashsa, bundan xursand bo'lamiz. Ko'ryapsizlar, gol ham uryapti, qizil kartochka ham olyapti (kuladi). Katta tajriba orttirib qaytishadi degan umiddamiz.

O'yinlarimizda G'olib G'aybullaev va SHerzod Nasrullaevning o'rni bilinyapti. CHunki ular bo'lganida tez-tez rotaciya qilib turgan bo'lardik. 

- Ivan Solovyovni nega sal avvalroq maydonga tushirmadingiz?

- Yashirib o'tirmayman, Solovyov hozircha talabimizga javob bera olgani yo'q. CHempionlar Ligasidagi o'yinlarini ham ko'rdingiz. Oxirgi bahsda Aziz Xolmurodovga imkon berdik, bugun ham. Bunday darajadagi o'yinda tajribasizligi ko'rindi. Lekin ishonamanki, hali u rivojlanadi. 20 ming tomoshabin qarshisida "Paxtakor"ga qarshi to'p tepish oson emas, uni ayblamaymiz. 

- "Paxtakor" OCHLda juda ko'p gol o'tkazib yubordi. SHundan kelib chiqib "sherlar"ning o'sha o'yinlardagi raqiblari uslubini ham o'rganib chiqdingizmi yoki "Nasaf" o'z uslubidan voz kechmaydimi?

- Biz o'z uslubimizdan voz kechmadik. Ikkinchi taymda ko'proq bosim qilib, raqibni xato qilishga majbur qilishimiz lozim edi. "Paxtakor"ni o'rgandik, lekin ular o'rganganimiz darajasidan boshqacha harakat qilishdi.  

- "Nasaf" O'zbekistonda eng shakllangan jamoa, lekin chempionlik haqida hech gapirmaysiz...

- Boshqa murabbiylar haqida gapirmayman. O'yin oldidan ham, mavsum oldidan ham hech kimga hech narsani vada qila olmayman. Bunga odatlanmaganman. Ha, kurashamiz. Lekin ertaga nima bo'lishini siz bilan biz bilmaymiz.  CHempionlik faqat menga bog'liq emas, jamoa tarkibi va tashkiliy masalalarga bog'liq. Gap bunda emas, tashkiliy masalalarni ham bahona qilayotganimiz yo'q. Men hozir nima uchun "chempion bo'laman" deb gapirishim kerak? Bu yigitlarga ham bosim yuklaydi. To'g'rimi? Jamoamiz yosh. 3 yil oldin 5-6-7-o'rinlarda yurgandik, mana 2 yil ichida jamoa OCHL 1/8 finaliga chiqdik. Nima qilaylik, "chempion bo'lamiz yoki OCHLni yutamiz" deb baqiraylikmi?

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика