So’nggi yangiliklar

22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  18 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  227 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  6 20:54Ровшан Мередов: "Ушбу мусобақа орқали мундиаль иштирокчисига қарши ўйнадик"  3 20:23Саудия Арабистонининг икки клуби МЮ ҳимоячисига қизиқмоқда  1 19:46"Реал" собиқ ходими "Ньюкасл" бош директори бўлди  0 19:19Фарруҳ Сайфиев дисквалификация қилинди  14 18:55CAFA Nations Cup. Ўмон сўнгги дақиқадаги гол эвазига Туркманистонни таслим этди ва вақтинчалик гуруҳ етакчисига айланди  53 18:39"Қатар СК" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  0 18:08Хаби Алонсо "Реал" скаутига нидерландиялик футболчини кузатиб бориш топшириғини берди  2 17:39Англия терма жамоаси ҳимоячиси жароҳат олди ва "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  2 17:18Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистондан устун келди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Penalti bo'lmaganda biz hujumda yanada faolroq harakat qilardik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Penalti bo'lmaganda biz hujumda yanada faolroq harakat qilardik"

“Andijon” va “Nasaf” jamoalari (0:1) o'rtasidagi uchrashuvdan o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

-O'yin haqida nima deyishim mumkin? Bugun raqib darvozasini bir bor ishg'ol etdik va shu hisobni uchrashuv oxirigacha nazorat qilib turdik. SHu sababli ko'proq ikkinchi raqam ostida harakat qildik. “Andijon” jamoasi bugun haqiqatan shijoatkor o'yin namoyish etdi. Bu narsa muxlislarda ham ko'rindi va ular jamoasini yaxshi qo'llab-quvvatladi. Agar ular har doim shunday o'yin ko'rsatishsa, bu jamoaning o'rni pastki o'rinlarda bo'lmaydi. Tan olish kerak, mezbonlar bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Bugun hisob uchun o'ynadik va buni oxirigacha nazorat qildik. Aynan shuning evaziga uch ochko qo'lga kiritdik. Albatta, natijadan qoniqdik. Balki o'yinda kamchiliklarimiz ko'ringandir. CHunki birinchi davradan keyin orada tanaffus bo'ldi. Kamchiliklarimiz ustida ishlab keyingi turlarda o'yinimizni yanada kuchaytirishimiz kerak.

- Bugun “Nasaf”ning bir qator asosiy tarkib o'yinchilarini maydonda ko'rmadik. Bu yo'qotishlarni izohlab o'tsangiz?
-To'g'ri, safimizda yo'qotishlar bo'ldi. Birinchi davra oxirida Hamza Karimov jarohat olgandi va u hozir davolanmoqda. SHifokorimizning aytishicha, Hamza keyingi o'yinlardan biz bilan shug'ullanishni boshlaydi. Legionerimiz Roy Rok esa tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi. Hozircha uni maydonga tushishiga ruxsat olganimiz yo'q. Umid qilamizki, davolatib Rokni o'ynashiga ruxsat olamiz. SHuningdek, Kenja To'raev ham tibbiy ko'rikdan hozircha o'ta olmadi. U ham keyingi uchrashuvlardan safimizga qo'shiladi.

-Ikkinchi davrada “Nasaf” birorta yangi o'yinchi olmadi. Jamoa bunga ehtiyoj sezmadimi yoki mos o'yinchi topa olmadinglarmi?
- Yashirmayman, davralar oralig'ida hujum chizig'ini kuchaytirish uchun “Metallurg”dan Nurmatovni so'radik. Bahriddin Vahobovni taklif etishni taklif etishni xohlagandik. Zohir Qo'ziboevga ham chiqdik. Undan tashqari Aziz Ibragimovni chaqirmoqchi bo'lgandik. Bilsak, u “Buxoro” safiga qo'shilgan ekan. Ammo bu futbolchilarni taklif eta olmadik. Xorijdan futbolchi olib kelish uchun esa bilasizlar imkoniyatimiz ko'tarmaydi. SHunga qaramay, 15 avgustga qadar transfer oynasi ochiq bo'ladi. Agar bizga maqul keladigan futbolchi bo'lsa olishimiz mumkin.

- Nima deb o'ylaysiz, agar penalti bo'lmaganda o'yin boshqacha o'tishi mumkinmidi?
- Albatta, penalti bo'lmaganda biz hujumda yanada faolroq harakat qilardik. Gol urganimiz uchun hisobni ushlab qolishni o'yladik.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика