Ro'ziqul Berdiev: "O'zbekistonning ayni paytdagi eng kuchli jamoasini mag'lub etdik"
03 noy 2013 17:27
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: "O'zbekistonning ayni paytdagi eng kuchli jamoasini mag'lub etdik"
"Nasaf" - "Bunyodkor" (1:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchsi qismida Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.
Ro'ziqul Berdiev, “Nasaf” bosh murabbiyi: "Bugun bizni bevosita stadionda turib qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarni tabriklayman. Biz bugun O'zbekistonning ayni paytdagi eng kuchli jamoasini mag'lub etdik. Har ikkalaja jamoada o'yin davomida imkoniyatlar bo'ldi. Bundan samaraliroq foydalandik.Garchi ikkinchi bo'limda, ular bir kishi kam bo'lib qolishlariga qaramay bizga jiddiy havf tug'dirishdi. Asosiy maqsadimiz g'alabaga erishish edi. Bunga erishdik va mavsumni eng kamida sovrinli o'rinlarda yakunlashimiz aniq bo'ldi. CHempionatni yanada yuqoriroq pog'onada yakunlash uchun nazariy jihatdan imkoniyatimiz bor. Oxirigacha kurashamiz".

Fikrlar