So’nggi yangiliklar

00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  3 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  1 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  12 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  3

Ro'ziqul Berdiev: "O'yinni to'liq nazorat qildik. Kenjaboev va Davronov umumiy guruhda shug'ullanmoqda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "O'yinni to'liq nazorat qildik. Kenjaboev va Davronov umumiy guruhda shug'ullanmoqda"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" (4:1) bilan o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Muxlislarni g'alaba bilan tabriklaymiz. Raqibga ham o'ynash imkonini berdik. Raqib xatolaridan unumli foydalandik. Fikrimcha, o'yinni to'liq nazorat qildik. Ikkinchi bo'limning dastlabki 15-20 daqiqaligida biroz raqibga to'p nazoratida ustunlikni berib qo'ydik deya olaman. O'sha vaziyatni hisobga olmaganda qolgan daqiqalarda nazorat bizda bo'ldi", - deydi Ro'ziqul Berdiev. 


- Alibek Davronov, G'olib G'aybullaev, Shuhrat Muhammadievni asosiy tarkibga kiritilmasligi taktika bilan bog'liqmidi yoki jamoaning darajasidan kelib chiqib taktika tanlandimi?

- Jamoaga yordam berishga tayyor ko'p futbolchilarimiz bor. O'tgan o'yinda G'olibdan foydalangandik. Umar tiklanib bo'lganidan so'ng unga imkon berdik. Menimcha vazifasini yaxshi bajarishdi. Sherzod yo'qligi uchun Sharofni chap qanotga tushirdik. Zafarmurod hozir eng yaxshi holatida va maydonda yaxshi harakat qilyapti. Ko'p emas 3 ta poziciyada o'zgarish qildik. Futbolchilar har qanday holatda o'yin amaliyotiga ega bo'lib turishi kerak. Shu bois bugun boshqa futbolchilarga imkon berdik. Kenjaboev va Davronov umumiy guruhda shug'ullanishmoqda. Ular yaqin orada sport formasini yaxshilay oladi. 

- Sherzod Nasrullaev haqida malumot bersangiz...

- Sherzod doim nazoratimiz ostida. U umumiy emas, yakka tartibda mashg'ulotlar olib bormoqda. O'zi bilan gaplashganimda holati yaxshilanib borayotgani haqida aytdi, o'ylaymanki, u ham yaqin orada maydonga qaytadi.

- Golbanning penaltiga sababchi bo'lgan vaziyatiga qanday baho berasiz?

- Men Golbandan bu vaziyatda norozi bo'ldim, chunki ana shu vaziyatgacha olib kelmaslik kerak edi. O'sha vaziyatning takrorini ko'rib chiqamiz lekin hisob 3:0 payti raqibga bunday imkoniyat berish tajribali himoyachi uchun yaxshimas deb o'ylayman. Shu uchun bu vaziyatda Igorga biroz tanbeh berdim, chunki bilasiz, hisob 3:0 payti jamoa bo'shashish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. O'ylaymanki, Igor bunday xatolarni boshqa qilmaydi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика