So’nggi yangiliklar

07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  0 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16

Ro'ziqul Berdiev "Navbahor" bilan o'yindan keyin "Nasaf"dan ketishiga shama qildi Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev "Navbahor" bilan o'yindan keyin "Nasaf"dan ketishiga shama qildi

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- O'ylashimcha, yomon o'ynamadik, ammo omadimiz kelmadi. Bazi vaziyatlarda O'tkir Yusupov yaxshi harakat qildi va qarshi hujumdan keyin gol o'tkazib yubordik. Yigitlarga etirozim yo'q, ammo natija yomon bo'ldi. Bugungi o'yin haqida boshqa fikr yo'q. "Navbahor" ko'p vaziyat yaratmadi, lekin uzoqdan tepilgan to'p darvozaga kirib ketdi.

- Legionerlarni asosiy tarkibda tushirsangiz bo'lmasmidi?

- Ikkinchi taymda legionerlarni maydonga tushirib, o'yinni kuchaytirishni reja qilgandik. Bugungi rejamiz to'g'ri ketayotgandi, ammo omadimiz kelmadi, deb o'ylayman.

- Qizil kartochka berilgan holatda Umid Ergashev to'pga chiqib kelishi kerak emasmidi?

- CHetlatish bo'lgan vaziyatni takroran ko'rmadim, o'ylashimcha, Oybek to'pga birinchi ulgurayotgandi. Balki qizilga tortadigan vaziyat bo'lmagandir, ammo qaytaraman, o'sha vaziyat videosini ko'rib chiqishim kerak.

- Rahbariyat bilan qandaydir kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabarlar chiqdi. Jamoa va klub alohida respublikaga aylanib qolgan, deb ham eshitdik. Bu ham jamoa natijalariga tasir qilyaptimi?

- To'g'risini aytaman, vaziyat biz kutgandek emas. Ko'p muammolar echilmayapti. Bugungi mag'lubiyatni o'z bo'ynimga olib, ertaga ularning oldiga kirmoqchiman. O'z taqdirim haqida gaplashmoqchiman, balki yaqin kunlarda yangilik eshitarsizlar. Natija qilish uchun faqat murabbiy yoki futbolchilar javobgar bo'lmasligi kerak, hamma birlashishi kerak. Rahbariyat bilan ochiqchasiga gaplashmoqchiman.

- Demak, muammolar futbolchilarning ruhiy holatiga ham tasir qilgan...

- Albatta, har safar futbolchilarga "uka o'ynanglar" deb ruhlantirish samara beravermaydi. Jamoa uchta frontda kurashni davom ettirmoqda.

- Muammo aynan nimada?
- Tashkilotchilik masalasi. Oylik ham, mukofot pullari ham. Yigitlarni rag'batlantirish kerak, motivaciya berish kerak. Bu gaplarim mag'lubiyatga bahona emas. Agar tashkiliy tomonlama etiborsizlik bo'laversa, balki o'zim ham yakuniy qarorni qabul qilishim mumkin.

Muammo ancha oldin rahbariyatga malum qilingan. Jamoaga etibor kerak, rahbariyat jamoani qo'llab-quvvatlashi kerak. SHunga etibor qaratishlarini so'rayman, agar bunday bo'lmasa, boshqa yangiliklar bo'lishi mumkin.

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика