Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"dan ketgan ikki futbolchini ortga qaytarmoqchi
07 avg 2020 18:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/585396_original.jpg)
![](/upload/storage/585396_220.jpg)
Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"dan ketgan ikki futbolchini ortga qaytarmoqchi
"Nasaf" yozgi transferlar oynasida o'z tarkibini "Mashal"ning ikki futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi.
Gap Humoyun Murtozaev va Sardor Abduraimov haqida ketmoqda. Bu ikki futbolchi o'tgan mavsumni Qarshi jamoasida ijarada o'tkazgan edi. Ammo, "Mashal" ularni "Bunyodkor"ning OCHLda ishtirok etishi sabab poytaxt jamoasiga ijaraga berib yuborgan edi.
Ro'ziqul Berdiev ayni damda bu ikki futbolchini ortga qaytarmoqchi va keyinchalik ularning transfer huquqini Muborak klubidan sotib olmoqchi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar