So’nggi yangiliklar

08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  2 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  18 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3

Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"dan ketadimi? Bu yil jamoaga nima etishmadi? "Nasaf" bosh direktori bilan suhbat Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"dan ketadimi? Bu yil jamoaga nima etishmadi? "Nasaf" bosh direktori bilan suhbat

O'tgan dam olish kunlari 2019 yilgi Superligada so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tdi va chempionat yakuniga etdi.

Bironta legionerlarsiz mavsumni o'tkazgan Qarshining "Nasaf" klubi mavsumni 7-o'rinda yakunladi. Biz klub bosh direktori Sergey Kucherenko bilan yil yakunlari, yangi mavsum uchun rejalar haqida suhbatlashdik.

- "Nasaf" 2019 yilgi Superligani 7-o'rinda tugatdi. Rahbariyat bu natijadan qoniqdimi?

- Yo'q, albatta qoniqmadik. Sababi "Nasaf" hech bo'lmaganda 3-o'rin uchun kurashishi lozim. Etibor qilgan bo'lsangiz mavsum davomida etakchi klublarning barchasiga qarshi munosib o'ynadik, g'alabalar ham bo'ldi. Biroq o'zimizdan pastdagi jamoalar bilan bahslarda imkoniyatni boy berib qo'ydik. "Nasaf"ga xarakter etishmadi, bizda o'yinning borishini o'zgartirib yubora oladigan futbolchi yo'qligi ko'rinib qoldi.

Mavsumda o'zimizga yarashmagan o'rinni egallaganimizga ko'plab sabablar bor. Masalan, ko'plab futbolchilarimiz olimpiya terma jamoamiz safida qator yig'inlarda qatnashishdi. Ko'p ishlasa xatto mashinalar ham buziladi, bular esa oddiy yigitlar. Mavsum oxirlarida charchoq alomatlari ham albatta sezildi. Bir narsani yozib qo'yishingizni so'rardim: "Nasaf" har doim turli terma jamoalarga futbolchi etkazib berishdan xursand bo'ladi va shunday ishlashda davom etadi.



- Keyingi mavsum uchun rejalar qanday? Jamoa qachon 2020 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi?

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni 14-15 dekabr kunlari boshlashni rejalashtirayapmiz. Yangi yil bayramiga qadar bo'ladigan yig'inda olimpiyachilar qatnashishmaydi. Sababi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi dekabr oyida ham xorijda yig'in o'tkazadi. SHu bois U-21 jamoamizdan ko'plab futbolchilarni asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarda sinab ko'ramiz, ularning holatiga baho beramiz. Balki tarkibda yangi futbolchilar ham bo'lishi mumkin. Balki qaysidir futbolchilar jamoamizni tark etar, kimlarnidir ijaraga berarmiz. "Paxtakor", "Navbahor" kabi klublar futbolchilarimizga taklif bilan chiqishmoqda. Barchasini bafurja o'rganib chiqamiz va barcha uchun optimal variantni tanlaymiz. Hayot davom etaveradi.

- Ro'ziqul Berdiev borasida qanday fikrdasiz? U klubda qoladimi?

- Ro'ziqul Berdievning shartnomasi yil yakunida tugaydi. Nafaqat uning, butun rahbariyatning shartnomasi yil so'nggida yakuniga etadi. Bizda faqat futbolchilarning shartnomalari uzoq muddatli. Rahbariyat Berdievga ishonadi va uning klubda qolishini xohlaydi. Yil so'nggida murabbiy bilan muzokara o'tkazamiz va yakuniy qarorga kelamiz. Biz unga yaxshi sharoit yaratib berishga va sovrinli o'rinlar uchun kurasha oladigan jamoa qurishiga yordam bermoqchimiz. 

- Yangi mavsumdan oldin tarkibga kuchli futbolchilar ham qo'shib olinadimi yoki asosiy urg'u baribir akademiya tarbiyalanuvchilariga qaratiladimi?

- Hozir 2020 yilgi mavsum uchun smetamiz tasdiqlanishini kutayapmiz. Barchasi mana shunga bog'liq. Biz ham "Nasaf"ga kuchli futbolchilarni kelishini va yuqori o'rinlar uchun kurashishni istaymiz, ammo faqat istak bilan ish bitmaydi. Akademiya tarbiyalanuvchilariga kelsak biz doim ularga ishonamiz va yaqin yillarda yana ko'plab yosh futbolchilarni asosiy tarkibda ko'ramiz deb umid qilaman.


Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика