So’nggi yangiliklar

19:212 карра Ўзбекистон чемпиони Боян Миладинович Сербия жамоаси мураббийига айланди  0 19:03Суперлига. "Навбаҳор" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  1 18:58FourFourTwo АПЛ тарихидаги энг кучли ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди. Видич кучли бешликда йўқ  2 18:15Ўзбекистон футзал МТЖ Францияга ютқазди  5 17:54АПЛ тарихидаги энг яхши ҳужумчилар рўйхати эълон қилинди. Ҳоланд ва Кейн топ-10 таликдан жой олди  3 17:23Хитой футбол ассоциацияси собиқ вице-президенти 11 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди  6 16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  19 16:34FourFourTwo портали АПЛ тарихидаги энг яхши дарвозабон номини эълон қилди, бу Шмейхель эмас  4 16:12Манба: Эмери Феликсга ҳар куни қўнғироқ қилмоқда  2 15:50Перуда ғалати ҳодиса: футболчи ўйин пайтида қовуғини бўшатди  5 15:28Клопп қайтмоқда!  5 15:07Холанд: "Қизиқчи йигит"  1 14:53Сунъий интеллект АПЛнинг барча даврлар рамзий термасини тузди  20 14:32"Навбаҳор" – "Бунёдкор" учрашувини ким шарҳлаб боради?  8 14:15"Майдонга туш азартда, кўзинг қизил ғазабда!"  2

Ro'ziqul Berdiev: “Lokomotiv” o'yin jihatidan “Nasaf”dan kuchli emas” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Lokomotiv” o'yin jihatidan “Nasaf”dan kuchli emas”

Oliy liga 15-turining markaziy bahsi bugun Qarshida kechadi. CHempionlikka davogarlik qilayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi “Nasaf” mehmoni bo'ladi.

Ushbu o'yin oldidan “ajdarlar” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev uchrashib, bo'lajak bellashuv haqida va boshqa bazi savollarga javob oldik.

- “Lokomotiv” bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik jarayoni qay darajada kechmoqda va bu o'yindagi imkoniyatlaringiz haqida so'zlab o'tsangiz.


-“Lokomotiv”ga qarshi o'yinga tayyorgarliklar jarayonlari yaxshi kechmoqda. Futbolchilarim alo kayfiyatda bo'lajak uchrashuvga tayyorlanishmoqda. Bizni qiyin va muhim bahs kutmoqda. Buni his etib turibmiz.  “Lokomotiv”ga qarshi bellashuv bizni chempionlik poygasidagi ishtirokimizni belgilab beradi. SHu bois, biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz va muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz.

-Siz ko'proq yosh futbolchilarga imkoniyatlar berib kelasiz. Lekin so'nggi yillarda jamoa tarkibida yosh hujumchilarga ko'zimiz tushmayapti. “Nasaf” yoshlar jamoasi safida nomzod futbolchilar yo'qmi, yoki buning boshqa sabablari bormi?


- Bu savolingiz nafaqat “Nasaf”ning eng katta bosh og'rig'i. Balki butun futbolchimizdagi eng nozik muammolardan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda mamlakatimiz bo'ylab to'purar hujumchilarni izlab topib bo'lmayapti.  Bu haqida ko'p bosh qotiramiz.  “Nasaf” futbol maktabidagi murabbiylarga ham shu haqida ko'rsatmalar berib boramiz. O'rinbosarlar tarkibidan ham izlab kelamiz.  Jamoamizning hujumchilari bilan individual tarzda mashg'ulotlar ham o'tkazmoqdamiz. Bazan mashg'ulotlarda hujumchilar o'zini yaxshi taraflama ko'rsata olishadi. Lekin o'yinda buning aksini ko'ramiz. Ko'p vaziyatlar yaratiladi, lekin imkoniyatlar  foydalana olishmaydi. Ularga sovuqqonlik etishmaydi.  O'tgan turda ikkita hujumchimiz gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. O'ylaymanki, bu gollar ularga ruhiy taraflama ancha foydali bo'ladi. Hujumchi uchun golni his etib olish juda muhim sanaladi.



-So'nggi paytlarda futbolchilaringiz matbuot bilan deyarli “gaplashmay” qo'yishgan. Bu sizning ko'rsatmangizmi?

-Yo'q. Men hech bir futbolchiga matbuotda chiqish qilishiga taqiq qo'ymaganman.

-“Lokomotiv” bosh murabbiyi Vadim Abramov “Navbahor”ga o'yinda umuman kutilmagan tarkibni tushirdi va raqib jamoasini chalg'ita oldi. “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvda sizning ataylab tayyorlab qo'ygan rejalaringiz bormi? Yoki “Nasaf” har doimgidek o'z uslubiga sodiq qolgan holda o'ynaydimi?

-Albatta, har bir o'yinga qarab rejalar ishlab chiqamiz. Bu haqida aytib o'tishni joiz deb bilmaysiz. Lekin “Lokomotiv”  bilan bo'ladigan bellashuvga o'z rejalarimizni o'ylab qo'yganmiz.  “Lokomotiv”ning “Navbahor”ga qarshi bahsini ikkala bo'limini ham ko'rib, o'rganib chiqdik. Raqibning o'yinida bazi taktik jihatdan o'zgarishlar amalga oshirilgan.  “Lokomotiv” ayni paytda eng kuchli tarkibga ega jamoa hisoblanadi.  Lekin bu narsa “temiryo'lchilar”ni o'yin jihatidan bizdan kuchli ekanliklarini anglatmaydi.  Vadim Abramov jamoasining imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Ular safidagi barcha futbolchilarni o'yin uslubini yaxshi o'rganganmiz va bu narsa bizga qiyinchilik tug'dirmaydi deb o'ylayman.

-“Nasaf” jamoasining birinchi davradagi eng qiyin uchrashuvi deb kimga qarshi bahsni ayta olasiz?


-“Paxtakor” bilan bo'lgan uchrashuvda biz anchagina qiyinchiliklarga duch kelgandik. Avvaliga gol o'tkazib yuborib, keyinchalik hisobni tenglashtirish erishgandik. Bellashuv davomida ustunlikka erishgan bo'lsakda, ammo g'alaba qozona olmagandik. Ushbu bahsni hozircha nisbatan biroz qiyinroq kechgan o'yin deb bilaman.  Bu nafaqat jismoniy tarafdan, balki ruhiy tomonlama ham biz uchun qiyinroq o'tgan uchrashuv bo'lgandi.


-Farruh Sayfievning o'yinidan qoniqmoqdamisiz? So'raganim sababi, ko'pchilik muxlislar aynan ushbu futbolchining harakatlariga ko'proq etiroz bildirib kelishayotgandi.

-Murabbiy sifatida Sayfievning harakatlariga etirozim yo'q. U maydonda kerakli miqdordagi ishlarni amalga oshirmoqda va ko'rsatmalarni to'liq bajarmoqda. Ko'pchilik o'ylaydiki, murabbiyni yoqtirgan futbolchisi bo'ladi deb. Lekin men hamma futbolchilarga bir xil munosabatda bo'laman. Farruh Sayfiev o'tgan yilgi mavsumda biroz tajribasizligi bois, xatolarga yo'q qo'yayotgandi.  Lekin ushbu mavsumda u ancha mehnat qildi va o'z tajribasini oshirib oldi. Uning ko'rsatayotgan o'yinlari terma jamoa murabbiylarini ham nazaridan chetda qolmagani bunga misol bo'la oladi. Sayfiev o'tgan yilgiga nisbatan ancha o'sishga erishdi.  So'nggi paytlarda muxlislardan ham Farruh Sayfiev to'g'risida maqtovlarni eshitib turibman.  Ishontirib aytishim mumkinki, Farruh Sayfiev kelajakda o'sadigan bola.

-Jamoa oldiga aniq bir vazifa qo'yilganmi? Yoki vaziyatdan kelib chiqib harakat qilinadimi?


- Vaziyatdan kelib chiqib harakat qilamiz. Ayni paytda rahbariyat tomonidan aniq vazifa qo'yilmagan. Lekin o'z ananalarimizga sodiq qolgan holda faqat yuqori o'rinlar uchun kurash olib boramiz. Imkoniyatlardan va sharoitdan kelib chiqqan holda talab darajasida o'ynaymiz. Aniq maqsad haqida gapiradigan bo'lsam, kamida o'z pog'onamizdan siljimaslik va keyingi yili OCHLga beriladigan yo'llanmalardan biriga ega chiqish.

-“Nasaf” futbolchilariga takliflar tushmayaptimi?

- CHet klublaridan tushadigan har bir takliflarni ko'rib chiqishga tayyormiz.  Lekin o'zimizning jamoalardan keladigan takliflarni ko'rib ham o'tirmaymiz.

-Davralar oralig'ida oliy liga jamoalaridan hech bir futbolchiga takliflar kelib tushmadimi. Bizda asosan bu narsalar sir saqlanib kelinadi. Lekin buni yashirishdan nima naf. Transfer oynasi ham futbolning bir qismi sanaladi.

- Albatta, har bir gazeta va saytlarda bu futbolchiga u jamoa 100 million beraman debdi, lekin “Nasaf” sotmapti degan xabarlar paydo bo'lsa qiziq bo'lardi. Lekin bizda asosan bu haqida gapirilmaydi va transferlarimiz keskin farq qiladi. Hozir “agent” degan odam ko'payib ketgan. Ular ko'proq o'zlariga chiqishi mumkin. Lekin shuni aniq aytishim mumkinki, bizga hech bir jamoadan takliflar kelib tushmadi.

-Eldor Suyunovga Osiyo jamoalaridan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Bu haqida malumotga egamisiz?

-Eldor Suyunov ko'p terma jamoa yig'inlariga boradi va o'sha erda unga agentlardan takliflar tushayotgandir. Lekin shaxsan men bu borada hech narsa deya olmayman. CHunki bu haqida malumotga ega emasman. Agarda chetdan bizni va Eldorni qoniqtiradigan takliflar bo'ladigan bo'lsa, unda uni qo'rib chiqishga tayyormiz.

-Har bir murabbiyning o'ziga yarasha uslublari bo'ladi. Siz futbolchilarga nisbatan qanday munosabatda bo'lasiz va ichki muhitni iliq saqlab turishingizni siri nimada?



-To'g'ri aytib o'tdingiz, har bir murabbiyning o'z uslubi va qarashlari bor. SHaxsan o'zim haqimda aytadigan bo'lsam, men futbolchilarga nisbatan adolatli bo'lishni muhim deb bilaman. Futbolchilar bilan yaqin munosabatda bo'lamiz. Lekin murabbiy va futbolchi o'rtasida qandaydir masofa bo'lishi kerak deb o'ylayman. Asosiysi, futbolchilarga nisbatan adolatsizlik qilmaslik kerak.  Aksincha bo'lsa, unda siz futbolchilar oldida o'z hurmatingizni yo'qotasiz. Biz o'z futbolchilarimizga raqobatni to'g'ri tushuntirishga va mashg'ulotlarda kim ko'proq mehnat qiladigan bo'lsa, o'sha futbolchini maydonga tushirishimizni aytib kelamiz. SHuning uchun ham bizda jamoaning ichki muhiti alo darajada deya olamiz.

-Ro'ziqul Berdiev qo'li ostida “Nasaf” Qarshida mag'lubiyatga uchramagan. “Lokomotiv” bilan bo'ladigan o'yindan keyin ham ushbu anana davom etishiga ishonasizmi?

-SHu haqida gapirmang deb turgandim o'zim. SHu savolni ham berdingiz (kuladi). Ha albatta, Qarshida hozirgacha mag'lubiyatga uchramaganimizni bilamiz.  Bu haqida o'ylamay turgandim ochig'i.  Ushbu yoqimli ananani saqlab qolishga umid qilamiz. Bu klub uchun ham, murabbiy uchun qiziq albatta. So'nggi yillarda “Nasaf” ancha kuchaydi va hozirga kelib jamoa o'z uyida har qanday raqib bilan faqat g'alaba uchun o'ynardi. Avvallari Qarshida istalgan jamoa yutib ketib qolishi mumkin edi. “Dinamo” va “Xorazm” kabi jamoalar ham Qarshidan uch ochko bilan qaytishgan ham. Lekin so'nggi yillarda vaziyat o'zgardi. Bu degani jamoa o'sishga erishganidan dalolat beradi. “Nasaf” ancha barqaror klubga aylangan.

-“Nasaf”da hech qanday pul evaziga yoki boshqa bir sabab bilan sotishni istamaydigan futbolchingiz bormi?

-Yo'q.  Hali aytib o'tganimdek, bizda jamoa bor. Hech bir futbolchini ataylab olib qolish yoki boshqasini sotishimiz mumkin degan uy yo'q. Unday futbolchim yo'q.


SHahboz BEG'AMOV suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика