Ro'ziqul Berdiev: Kurash hali davom etadi
26 iyu 2014 23:13
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: Kurash hali davom etadi
“Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “ajdarlar” jamoasi ustozi ishtirok etdi.
- Alamli mag'lubiyatga uchratdik. Hali kurash davom etadi. Javob o'yini bor. Bugungi bahs davomida bizda golli vaziyatlar bo'ldi. Ammo foydalana olmadik. Buni esa raqib jazoladi. Umuman olganda, o'yin teng kurashlar ostida o'tdi, deb o'ylayman. “Bunyodkor” murabbiyining o'zgargani jamoa o'yiniga ham tasir qilgani ko'rinib turibdi. Akram Komilov bugungi bahsda yomon taassurot qoldirgani yo'q. Gevorkyanga qarshi u juda munosib o'ynadi. SHuningdek, Dostonbek Hamdamov ham zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirdi. Hujumchilarimizga sovuqqonlik etishmadi. Umuman, O'zbekistonda yaxshi hujumchilar etishmayapti. Ikkinchi bo'limda charchab qoldik. CHunki 3 kun ilgari “Olmaliq”da chempionat uchrashuvini o'tkazgan edik. Hali hech nima yo'qotilgani yo'q. Biz oxirigacha kurashamiz. O'ylaymanki, Qarshidagi bahsda bizning o'n ikkinchi o'yinchilarimiz yordam berishadi, - deydi Ro'ziqul Sadullaevich.
Fikrlar